13 iyu 08:02
Yangiliklar
Og'ir atletikachilarimiz Qozon yig'iniga yo'l olishdi
Vakillarimiz u erda 9 avgustga qadar mashg'ulot o'tkazishadi.
Takidlash joiz, ushbu yig'in kelasi oy Turkiyaning Konya shahrida o'tadigan Islom birdamligi o'yinlariga qaratilgan. Unda Bahrom Mendiboev maxsus texnik mashg'ulotlar orqali sportchilarimizni eng yuqori sport formasiga olib chiqishi ko'zda tutilgan.
Qozon safariga Ruslan Nurudinov, Akbar Jo'raev, Adhamjon Ergashev, Doston Yoqubov, Muhammadqodir Toshtemirov, Sunnatilla O'sarov, Sarvarbek Zafarjonov, Rigina Adashboeva kabi sportchilarimiz yo'l olishdi. Toshkentda o'tadigan o'smirlar va yoshlar o'rtasidagi qita birinchiligidan so'ng Nigora Suvonova, SHarofiddin Amriddinov hamda Tursunoy Jabborova asosiy jamoaga borib qo'shilishi ko'zda tutilgan.
Fikrlar