29 mar 19:04
Yangiliklar
Og'ir atletika
Og'ir atletikachilarimiz so'nggi licenzion turnirda ishtirok etishadi
31 mart – 11 aprel kunlari Tailandning Pxuket shahrida og'ir atletika bo'yicha Jahon kubogi bo'lib o'tadi.
Bu mazkur sport turida Parij-2024 yozgi Olimpiya o'yinlari uchun reyting ochkolarini qo'lga kiritish mumkin bo'lgan eng so'nggi turnir hisoblanadi.
Ertaga ushbu musobaqada ishtirok etadigan O'zbekiston terma jamoasining birinchi qismi Tailandga yo'l oladi. Mamlakat og'ir atletika federaciyasi unda qatnashadigan terma jamoa tarkibini malum qildi.
Jahon kubogida qatnashadigan tarkibimiz:
Erkaklar:
-73 kg: Doston Yoqubov
-73 kg: Muhammadqodir Toshtemirov
-89 kg: Sarvar Zafarjonov
-109 kg: Akbar Jo'raev
-109 kg: SHarofiddin Amriddinov
Ayollar:
-49 kg: Jamila Panfilova
-55 kg: Nigora Abdullaeva
-81 kg: Rigina Adashbaeva
-87 kg: Nigora Suvonova
+87 kg: Tursunoy Jabborova
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar