So’nggi yangiliklar

10:22Ислам Махачев Нурмагомедовнинг UFC`даги иккинчи мағлубияти ҳақида гапирди 0 09:57Ўзбекистон кубоги. Бугун яна иккита қизиқарли учрашув бор 0 09:23Lausanne Grand Slam 2026. Бугун оғир вазнли дзюдочиларимизга мухлислик қиламиз. Улар орасида Тўрабоев ҳам бор! 0 08:55Умар Нурмагомедов кечаги кутилмаган нокаутига илк бор изоҳ берди 0 08:26Жасурбек "Тайсон" Жўраев бир ҳафтадан кейин Тошкентда жанг қилади + ПОСТЕР 0 07:54"Интер Майами" "Монреаль"ни тор-мор этди. Мессидан покер 0 07:31Оғир вазн келажаги сифатида эътироф этилган Мозес Итаумани чуқур нокаутга учратишди 0 22:32Lausanne Grand Slam 2026. Ўзбекистон терма жамоаси иккинчи кунни ҳам медаль билан якунлади 0 21:11Шоҳсанам Шерзодова ва Нилуфар Зокирова жаҳон чемпионати кумуш медали совриндори 0 20:44Робиньонинг 18 ёшли ўғли "Женоа"га ўтмоқда 0 20:18UFC Fight Night 286 турнирининг бонуслари кимларга насиб этди? 0 19:53Бобуржон Тагиев Mangu 5 турнирида жанг қилади. Рақиб маълум + ПОСТЕР 0 19:19UFC Fight Night 286 турнирининг барча натижалари: Ўнта финишли жанг, Нурмагомедовда нокаут 0 18:46“Ливерпуль” “Ноттингем” билан ўйин давомида икки маротаба ҳисобда ортда қола туриб, мағлубиятдан қутулиб қолди 0 18:03Ядонг - Нурмагомедов жангида кутилмаган нокаут қайд этилди 0

02 avg 12:36
Yangiliklar

Og'ir atletika

Og'ir atletikachilarimiz uchun kechagi kun yanada sermahsul bo'ldi

Teglar :  Og'ir atletika
Nyu-Deli mezbonlik qilayotgan og'ir atletika bo'yicha qita birinchiligining -64 kg vazn toifasida kechgan bahslarida Madinabonu Jo'raeva va Asalxon Rajabova yurtimiz sharafini munosib himoya qilishdi.

Yoshlar toifasida qatnashgan Jo'raeva dast ko'tarishda 85 kg, siltab ko'tarishda 105 kg hamda ikkikurashda 190 kg bilan barcha dasturda 3-o'rnini egalladi. O'smir qizlar bahsida esa Rajabova dast ko'tarsish mashqini 77 kg bilan yakunlab, ushbu dasturda bronza medalini qo'lga kiritdi. Sportchimiz siltab ko'tarishda 90 kg va ikki kurash natijasiga ko'ra 167 kg bilan 5-o'rindan joy oldi.

Osiyo chempionatida -73 kg vazn toifasining bahslari ham hamyurtlarimizning benefisiga aylandi. Boisi ushbu dasturdagi chiqishlari bilan ham o'smirlar, ham yoshlar toifasida qatnashgan polvonlarimiz 9 ta medalga sazovor bo'lishdi.

O'smirlar o'rtasida kechgan bellashuvda Hikmatillo Haydarov dast ko'tarishda 127 kg, siltab ko'tarishda 160 kg va ikki kurashda 287 natija ko'rsatib, mutlaq chempionlikni tantana qildi. SHuningdek, mazkur yo'nalishda ishtirok etgan Isroilbek Ismoilov umumiy hisobda 264 (116+148) kg bilan bilan 3 ta bronza medaliga ega chiqdi. Yoshlar toifasida qatnashgan Abdulaziz Alimjonov esa ikki kurash bo'yicha 293 (133+160) kg bilan barcha yo'nalishlarda kumush medallarga sazovor bo'ldi.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing