18 noy 12:50
Yangiliklar
Og'ir atletikachilarimiz xalqaro musobaqada munosib ishtirok etishmoqda
Sportchilarimiz yig'in doirasida 3 karra Olimpiada chempioni Naim Sulaymono'g'lu xotirasiga bag'ishlangan xalqaro musobaqada ishtirok etishmoqda. Qayd etish joiz, musobaqa murabbiylar shtabi uchun muhim nazorat turniri vazifasini bajarib bermoqda.
Natijalarga to'xtaladigan bo'lsak, -55 kg vazn toifasida qatnashgan Nigora Abdullaeva dast ko'tarishda 85 kg, siltab ko'tarish yo'nalishida 107 va ikki kurash bo'yicha 192 kg bilan mutlaq chempionlikni qo'lga kiritdi.
SHuningdek, -81 kg vaznda porlayotgan Muhammadqodir Toshtemirov ham 337 (153+184) kg bilan 3 ta oltin medalga sazovor bo'ldi. -73 kg vaznda qatnashgan Adhamjon Ergashev dast ko'tarishdagi 131 kg bilan bronza, siltab ko'tarish dasturida 184 kg va ikki kurashdagi 337 kg bilan 2 ta kumush medalni qo'lga kiritdi.
Fikrlar