06 fev 07:53
Yangiliklar
Og'ir atletika
![](/upload/storage/321953_220.jpg)
Og'ir atletikachilarimiz xorij yig'iniga yo'l oldi, tarkibda Olimpiada chempioni ham bor
Og'ir atletika bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi Rossiya federaciyasining Kislovodsk shahrida o'quv-mashg'ulot yig'inini olib boradi.
Baxrom Mendiboev va Xalid Koraniy qo'l ostidagi erkaklar terma jamoasi kecha Kislovodsk shahriga jo'nab ketdi.
Rossiya Federaciyasida tashkil etiladigan ushbu yig'in 26 fevralga qadar davom etadi. Mashg'ulotlardan ko'zlangan asosiy maqsad – may oyida bo'ladigan kattalar o'rtasidagi Osiyo chempionati hamda yoshlar va o'smirlar o'rtasidagi Jahon chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etishdan iborat.
Takidlash lozim, Kislovodskdagi yig'inga jami 18 nafar sportchi jalb etilgan.
Havola :
Manba : t.me/uzbek_weightlifting
Fikrlar