So’nggi yangiliklar

13:37Усман Нурмагомедов Абу-Дабидаги қамоқхонада қандай шароитда сақланиши айтилди 0 12:53Дмитрий Бивол ўз юртидаги ва хориждаги баҳслар нимаси билан фарқ қилишини айтди 0 12:00Остон Ўруновни Эроннинг бошқа клуби сотиб олмоқчи 0 11:08"Усман UFC'га керак. У ерда бундай йигитларни яхши кўришади". Царукян Нурмагомедовнинг жанжалдан кейинги келажаги ҳақида гапирди 0 10:17Саккизта медалга эга Ўзбекистон делегацияси IV Ёшлар ёзги Олимпия ўйинларида нечанчи ўринни эгаллади? 0 09:46Россия бокс терма жамоасига виза беришмади 0 09:15Миллатлар лигаси. Нидерландиядан 7 та гол, Германиядан ишончли ғалаба 0 08:44Zagreb Grand Prix 2026. Диёра Келдиёрова яна шоҳсупада! 0 08:13"UFC Усман Нурмагомедовга умрбод тақиқ қўйилишидан умидворман" - Нина Драма 0 07:42WBC россиялик боксчиларни рейтинглар ва чемпионлик жангларидан четлатиш қарорини тасдиқлади 0 07:01Лионель Месси Аргентинада махсус учрашувда иштирок этади 0 20:58Ўзбекистон чемпионати: аёллар курашида ғолиблар аниқланди 0 20:27Муҳиддин Мадаминов Tata Steel Chess 2027 турнирида иштирок этади, Бибсара ҳам! 0 19:56UFC’нинг мағлубиятсиз жангчиси гиёҳванд моддаларни меъёридан ортиқ истеъмол қилгани ортидан шифохонага ётқизилди 0 19:25Кэррик МЮдан хафа ва раҳбариятдан ранжиган — The Telegraph 0

31 okt 09:30
Yangiliklar

Og'ir atletika

Og'ir atletikachilarimizdan oltin medallar

Teglar :  Og'ir atletika
Janubiy Koreyaning Yanggu shahrida og'ir atletika bo'yicha Osiyo Kubogi hamda klublar o'rtasidagi Osiyo chempionati bahslari boshlangani xaqida xabar berib o'tgandik.

Bugun, musobaqaning ikkinchi kunida -58 kg. vazn toifasida chiqish qilgan Muattar Nabieva dast ko'tarishda 91 kg, siltab ko'tarishda 106 kg, umumiy 197 kg. natija bilan Osiyo kubogida oltin medalga sazovor bo'ldi. Demak, Muattar Osiyo kubogi hamda klublar o'rtasidagi Osiyo chempionatida delegaciyamiz hisobiga dastlabki oltin medalni keltirdi. 

Bugun shuningdek, erkaklar o'rtasida 77 kg. vazn toifasida ishtirok etgan Sarvar Toshtemirov dast ko'tarishda 143 kg, siltab ko'tarishda 168 kg, umumiy hisobida 311 kg. og'irlikni o'ziga bo'ysundirib, oltin medal sohibiga aylandi. Natijada musobaqaning birinchi kunida kumush va bronza medallariga ega chiqqan o'zbekistonlik atletlar bugun delegaciyamiz hisobiga bir yo'la ikkita oltin medalni qo'shib qo'yishdi. 

Eslatib o'tamiz, musobaqaning birinchi kun natijalariga ko'ra erkaklar o'rtasida 56 kg. vazn toifasida Muhammadali Qaxramonov dast ko'tarishda 111 kg, siltab ko'tarishda 145 kg. og'irlikni o'ziga bo'ysundirib, umumiy 256 kg. natijasi bilan bir yo'la oltita kumush medallarini qo'lga kiritgandi. ( 3ta kumush Osiyo Kubogida, yana 3 ta kumush klublar o'rtasidagi qita chempionatida). 

Xotin-qizlar o'rtasida 48 kg. vazn toifasida chiqish qilgan Maxliyo Tog'oeva esa dast ko'tarishda 68 kg, siltab ko'tarishda 87 kg, ikkikurashda umumiy 155 kg. natija bilan bronza medaliga ega chiqqan va terma jamoamiz hisobiga uchta bronza medalini qo'shib qo'ygandi. 

Malumot uchun, musobaqalar 2 noyabrga qadar davom etadi. Ertaga, 31 oktyabr sanasida ayollar o'rtasida 63 hamda 69 kg. vazn toifalarida bellashuvlar o'tkazilsa, erkaklar o'rtasidagi bahslar 77 kg. vazn toifasida tashkil etiladi. Musobaqalar davom etadi.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing