13 apr 10:33
Yangiliklar
Og'ir atletikachilarimizning Osiyo chempionatida ishtirok etadigan vaqtlari malum
O'zbekiston og'ir atletika federaciyasining malum qilishicha, sportchilarimizning bari “A” guruhida medallar uchun kurash olib borishadi.
Musobaqada 24 aprel kuni eng ko'p sportchimiz ishtirok etadi. Mazkur kunga dasturida 4 nafar atletimizning ishtiroki to'g'ri kelmoqda. Eng engil vazn toifalari ishtirok etadigan 17 aprel sanasida esa vakillarimiz yo'q. Quyida vakillarimiz ishtirok etadigan vaqtlar bilan tanishib, Siz muxlislik qiladigan sportchilarilarimizning chiqishini o'zingiz uchun belgilab olishingiz mumkin:
18 aprel, barchasi “A” guruhi:
-55 kg: Og'abek Nafasov (13:00-15:00)
-55 kg: Muattar Nabieva (16:00-18:00)
-61 kg: Husinboy Matrasulov (19:00-21:00)
19 aprel, “A” guruhi:
-59 kg: Nigora Abdullaeva (16:00-18:00)
-67 kg: Adhamjon Ergashev (19:00-21:00)
20 aprel, “A” guruhi:
-64 kg: Madinabonu Jo'raeva (16:00-18:00)
21 aprel, “A” guruhi:
-71 kg: Mashhura Rustamova (16:00-18:00)
-81 kg: Muhammadqodir Toshtemirov (19:00-21:00)
22 aprel, “A” guruhi:
-76 kg: Kumushxon Fayzullaeva (16:00-18:00)
-89 kg: Hakimjon SHamsiddinov (19:00-21:00)
-89 kg: Sarvarbek Zafarjonov (19:00-21:00)
23 aprel, “A” guruhi:
-81 kg: Nigora Suvonova (16:00-17:30)
24 aprel, “A” guruhi
-102 kg: Qurbonmurod Namozov (13:00-15:00)
-109 kg: Ruslan Nurudinov (16:00-18:00)
-109 kg: Akbar Jo'raev (16:00-18:00)
-87 kg: Tursunoy Jabborova (19:00-21:00)
25 aprel, “A” guruhi:
+87 kg: Dolera Davronova (13:00-14:30)
Fikrlar