07 iyu 11:20
Yangiliklar
Og'ir atletikachimiz jahon chempionatida uchta oltin medalga sazovor bo'ldi
Bugun musobaqaning ettinchi kun dasturida terma jamoamizning umidli vakillaridan biri Akbar Jo'raev o'z ishtirokini yakunladi.
-109 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan Jo'raev dast ko'tarishda 182 kg, siltab ko'tarishda 216 kg va ikki kurash bo'yicha 398 kg natija qayd etdi. Musobaqada ishtirok etgan sportchilar orasida hech bir atlet hamyurtimizning natijasiga yaqinlasha olmadi va polvonimiz jahon chempionatining 3 ta oltin medaliga sazovor bo'ldi.
Yoshlar o'rtasida JCH. Fiji, Suva.
Erkaklar, -109 kg.
1. Akbar Jo'raev (O'zbekiston) – 398 kg (182 kg + 216 kg)
2. Sangun Xvan (Janubiy Koreya) – 384 kg (174 kg + 210 kg)
3. Daniil Vagaicev (Rossiya) – 381 kg (175 kg + 206 kg)
Takidlash joiz, bu terma jamoamizning musobaqadagi ikkinchi muvaffaqiyatidir. Kuni kecha -67 kilogramm vazn toifasida ishtirok etgan Adhamjon Ergashev ham o'z vazn toifasida jahonda tengsiz ekanligini namoyish etgan edi. SHuningdek, hamyurtlarimiz bu g'alabalari bilan Tokio Olimpiadasiga ham qimmatli reyting ochkolarini qo'lga kiritishdi. Akbar Jo'raev o'tgan yili Toshkentda o'tgan yoshlar o'rtasidagi JCHda kumush medal bilan cheklangan edi. Bu yil esa ushbu natijani ortig'i bilan yaxshiladi.
Fikrlar