01 iyu 11:32
Yangiliklar
Og'ir atletika
Og'ir atletikachimiz JCHda oltin medalni qo'lga kiritdi!
Og'ir atletika bo'yicha 2014 yili Xitoyning Nankin shahrida o'smirlar o'rtasida o'tkazilgan Olimpiada o'yinlarida kumush medalga sazovor bo'lgan Farhod Sobirov (-94 kg) shu kunlarda Gruziya poytaxti Tbilisi shahrida 20 yoshgacha bo'lgan sportchilar o'rtasida o'tkazilayotgan jahon birinchiligida oltin medalni qo'lga kiritdi.
Dast ko'tarishda 170 kg, siltab ko'tarishda esa 203 kg. natijani qayd etgan Farhod ikkikurash yakuniga ko'ra 373 kg. natija bilan birinchi o'rinni egalladi.
SHu tariqa, mazkur jahon birinchiligida hamyurtlarimiz 1 ta oltin, 3 ta kumush va 3 ta bronza medaliga sazovor bo'ldilar.
Eslatib o'tamiz, Farhod Sobirovga qadar
SHahzod Xudoyberganov (-77 kg) kumush medal sohibi bo'lgan bo'lsa, Muattar
Nabieva bir yo'la uchta bronza medalini qo'lga kiritgandi.
Havola :
Fikrlar