21 apr 15:18
Yangiliklar
Og'ir atletikachimiz minnatdorchilik bildirdi
SHu jumladan, Adhamjon Ergashev ham.
Yosh iqtidorli atletimiz koronavirus bilan bog'liq vaziyat, shifookrolar mehnati, karantin davrini qanday o'tkazayotgani va kelajak rejalari haqida gapirib o'tdi.
"Butun dunyoni tashvishga solayotgan koronavirus yurtimizda keng tarqalishini oldini olish maqsadida yurtimizda o'z vaqtida ehtiyot choralari qo'llandi. Buning uchun prezidentimizga tashakkur.
Bugungi og'ir davrda matonat va sabr bilan mehnat qilayotgan shifokor va hamshiralarga qoyil qolsa arziydi.
Karantinda mashg'ulotlar to'xtab qolmadi. Murabbiylar kerakli ko'rsatmalarni berib turishibdi. Sport formamni ushlab turishga astoydil harakat qilyapman.
Xudo xohlasa, yaqin vaqtlar ichida barcha muammolar ortda qoladi va xalqaro maydonda yurtimiz sportchilari nimalarga qodir ekanligini yana bir bor ko'rsatishga harakat qilamiz".
Fikrlar