So’nggi yangiliklar

12:51Гвардиола "Палермо"га қарши ўйиндан сўнг Ҳусанов ҳақида гапирди 0 12:30Бугун Фомин Genesis Traiding Cup турниридаги иштирокини бошлайди 0 12:09Нодирбек Абдусатторов Saint Louis Rapid & Blitz турнирида иштирок этади 0 11:48PFL раҳбарияти Фрэнсис Нганнудан норози 0 11:27Хосеп Гвардиола: "Кўплаб футболчилар жамоани тарк этиши керак" 0 11:06"Чимаевга ҳатто профессионал лицензия ҳам бермасдим" - Дю Плессининг мураббийи 0 10:45Бивол IBF`дан камарнинг мажбурий ҳимоясини тиббий томондан кечиктиришни сўради 0 10:24"Qonaev Cup 2025". Суяровда яна ғалаба ва бошқа натижалар 0 10:03ПСЖ 40+15 млн евролик трансферни амалга оширди 0 09:42Ига Свёнтек Потаповага бешта гейм берди 0 09:21Ўзбекистон ва Қозоғистондан Осиё чемпионати финалига неча нафардан боксчи етиб келди? (Барча жуфтликлар) 0 09:00UFC on ESPN 72 турнирининг бонус соҳиблари маълум 0 08:39"Эшитдик-да". Роналдиньо ва Луиш Фигу Тошкентга келади! 0 08:18Цинциннати "Мастерс". Янник Синнер рақибини сезмади 0 07:57UFC on ESPN 72 турнирининг барча жанглари натижаси битта хабарда + ФОТО 0

06 iyu 14:56
Yangiliklar

Og'ir atletika

Og'ir atletikachimizdan olingan doping-sinamada aniqlangan taqiqlangan modda yuzasidan tekshiruv boshlandi

Tobora yaqinlashib kelayotgan 4 yillikning eng katta sport bayrami hisoblangan Olimpiya va Paralimpiya o'yinlari oldidan sportchilar alohida nazoratga olingan.

Jumladan, taqiqlangan moddalarni istemol qilish holatlariga yo'l qo'ymaslik va bunday holat yuz bergan bo'lsa sportchiga nisbatan jazo choralari qo'llanilmoqda.

Gap shundaki, joriy yilning mart oyida yoshlar va o'smirlar o'rtasida O'zbekiston chempionati o'tkazilgan bo'lib, mazkur chempionatda 17 yoshli sportchi Muxlisa Abdullaevadan (2-o'rinni egallagan) tegishli tartibda doping-sinama olingan edi. Afsuski, olingan doping-sinamada taqiqlangan modda aniqlangan.

O'zbekiston Milliy antidoping agentligi og'ir atletikachi M.Abdullaevaning doping-sinamasida "Testosteron va testosteron progormonlari" taqiqlangan moddalar aniqlanganligi yuzasidan o'rganish ishlarini boshladi.

Eslatib o'tamiz, Butunjahon antidoping kodeksi talablariga ko'ra, vaziyat yuzasidan o'rganish ishlari tugashiga va yakuniy xulosa chiqarilgunga qadar sportchi barcha musobaqalarda qatnashishdan vaqtincha chetlashtirib turiladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing