09 okt 13:08
Yangiliklar
"O'g'limni katta darvozadan emas, orqa eshikdan chiqarib yuborishdi". Ronalduning onasi terma jamoa atrofidagi mashmashalarga munosabat bildirdi
41 yoshli Ronaldu bosh murabbiy Jorje Jezushning matbuot anjumanidan so'ng milliy jamoa ixtiyorini tark etdi. Murabbiy futbolchiga asosiy tarkibdan joy kafolatlanmaganini aytgandi. Hujumchi 27 sentyabr kuni Millatlar Ligasi doirasida Norvegiyaga qarshi kechgan bahsda (2:1) maydonga tushmadi. Usiz portugaliyaliklar keyinroq daniyaliklarni 4:2 hisobida mag'lub etishdi va yana norvegiyaliklar ustidan g'alaba qozonishdi (2:1). “O Jogo” nashri Ronaldu terma jamoadagi faoliyatini yakunlashga qaror qilgani haqida xabar tarqatgandi, biroq seshanba kuni forvard hozircha buni rejalashtirmayotganini malum qildi.
"Ko'nglim og'rimoqda. Bu haqiqiy shok bo'ldi. O'g'lim katta darvozadan bosh ko'tarib ketishi mumkin edi, biroq u orqa eshikdan chiqib ketishga majbur bo'ldi. Ammo hammasi joyida, buni Xudoning o'zi ko'rib turibdi.
Men yig'ladim. Hissiyotlarni chiqarib olish bazan foydali. Endi oldinga intilish kerak. U har doim Portugaliyaning qahramoni bo'lib kelgan. Uni etarlicha qadrlashmayapti", – dedi Doloresh Aveyru.
"Oltin to'p"ning besh karra sohibi bo'lgan Ronaldu Portugaliya terma jamoasi safida Evropa chempioni va Millatlar ligasining ikki karra g'olibi hisoblanadi.

Fikrlar