So’nggi yangiliklar

19:10"Жангимиз тарихдаги энг буюк тўқнашувлардан бири бўлади". Дэвид Бенавидес Усик билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 18:29Хамзат Чимаев қачон UFC октагонига қайтишини айтди 0 17:52"Бавария" Компанига нисбатан ғалати қоида жорий қилди 0 17:01"Худди биринчи чемпионлик камаримни қўлга киритгандек бўлдим". Альварес WBC’нинг иккинчи ўрта вазн чемпиони бўлгани ҳақида 0 16:14Арман Царукян Александр Волкановски билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 15:30Камару Усман Ислам Махачевнинг жангдан бош тортиши бўйича қарорини қўллаб-қувватлади 0 14:59Элит ОЧЛ. "Пахтакор" уйда, "Нефтчи" меҳмонда ўйнайди 0 14:45Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги рақиби аниқ бўлди 0 14:28Конор Макгрегор: "Ҳатто ҳаракат қилмасдан ҳам ҳаммадан устунман!" 0 13:57Хамзат Чимаев бир ўлиб тирилган яккакураш устасига қарши жанг қилади + ПОСТЕР 0 13:26UFC 335: Оливейра — Лопез турнири учун расмий постер эълон қилинди + ФОТО 0 12:55Беҳруз Каримов иштирок этган ўйинда “Лугано” стадионида тарихий натижа қайд этилди 0 12:24Бектемирга "хўп" деган Мунгиа Зонга қарши ўтказган жанги ҳақида гапирди 0 11:43IV Ёзги Ёшлар Олимпиадасида дзюдо баҳслари старт олди 0 11:18Пратеснинг мураббийи Махачев Карлос билан жанг қилишдан нега воз кечганини тахмин қилди 0

24 avg 17:38
Yangiliklar

Boks/MMA, Gimnastika, Dzyudo

Oksana CHusovitina – Mustaqil O'zbekistonning so'nggi 10 yilligidagi eng yaxshi sportchisi

O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi yaqinlashib kelayotgan Mustaqilligimizning 29 yilligi munosabati bilan ajoyib tanlov elon qilganidan xabaringiz bor.

Bugun mazkur tanlov o'z yakuniga etgani haqida rasman elon qilamiz.

20-24 avgust kunlari roppa-rosa 5 sutka davom etgan uchinchi tanlovda 2011-2020 yillardagi eng yaxshi 5 nafar sportchimiz nomi ovozga qo'yildi. Jarayonda 100 mingga yaqin hamyurtimiz ishtirok etdi. Ular orasida afsonaviy Oksana CHusovitina 35 639 ovoz (36%) to'plab, birinchi o'rinni egalladi. Bir necha kun murosasiz davom etgan tanlovda professional boks bo'yicha WBA va IBF kamarlari sohibi Murodjon Ahmadaliev esa 29176 ovoz (29%) bilan ikkinchi o'rinni egalladi. Batafsil:

1. Oksana CHusovitina – 35639 ovoz (36%)
2. Murodjon Ahmadaliev – 29176 ovoz (29%)
3. Ruslan Nurudinov –15842 ovoz (16%)
4. Rishod Sobirov – 11494 ovoz (11%)
5. SHahobiddin Zoirov – 7760 ovoz (8%)

O'z navbatida, Milliy olimpiya qo'mitasi mazkur tanlovda ishtirok etgan barcha muxlislarga tashakkur aytib, barchani kelgusi dasturlarda ham faol ishtirok etishga chorlab qoladi.

Malumot uchun, CHusovitina Oksana Aleksandrovna 1975 yil 19 iyun kuni Buxoro shahrida tug'ilgan. Jahonda sport gimnastikasi bo'yicha Olimpiya o'yinlarida eng ko'p ishtirok etgan sportchi (1992, 1996, 2000, 2004, 2008, 2012, 2016).

1992 yil Barselonada o'tgan Olimpiya o'yinlari oltin medali sohibi, tayanib sakrash yo'nalishi bo'yicha 9 karra jahon chempionati sovrindori.

Tayanib sakrash, erkin mashq va parallel to'sinlarda bir necha murakkab elementlar muallifi. Osiyo o'yinlari va Osiyo chempionati g'olibi, faoliyatini yakunlamasdan turib Olimpiya o'yinlarida ishtirok etish bo'yicha (sport gimnastikasida) Xalqaro gimnastika shon-sharaf zali va “Ginnesning rekordlari” kitobiga o'z nomini yozdirib qo'ygan.

2019 yil Germaniyaning SHtutgart shahrida o'tkazilgan sport gimnastikasi bo'yicha jahon chempionatidagi ishtiroki orqali Tokio-2020 Olimpiya o'yinlariga yo'llanma oldi. Tokio Olimpiadasi CHusovitina uchun faoliyatidagi sakkizinchi Olimpiada bo'ladi.

Oksana CHusovitinaning yurtimiz sporti rivojiga qo'shgan hissasi hukumatimiz tomonidan yuksak baholanib, u davlatimiz tomonidan «Do'stlik», «Mehnat shuhrati», «El-yurt hurmati» ordenlari, «O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan sportchi» va «O'zbekiston iftifori» faxriy unvonlari bilan taqdirlangan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing