23 avg 13:05
Yangiliklar
Boks/MMA

Oktyabr oyidagi UFC Fight Night turnirining markaziy jangi malum
UFC promousheni 16 oktyabr kuni AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida navbatdagi turnirini o'tkazadi.
Promoushen tomonidan ushbu oqshomning markaziy jangi elon qilindi. Ayollar ligasining engil vazn toifasida sobiq UFC chempioni Misha Teyt 16 oktyabrga belgilangan UFC Fight Night turnirining markaziy jangida Ketlin Vieyraga qarshi oktagonga ko'tariladi.
Malumot uchun, o'tgan oyda 35 yoshli Misha Teyt besh yillik tanaffusdan so'ng faoliyatini qayta tiklagan va uchinchi raundda raqibasi Merion Renoni texnik nokautga uchratgan edi. 29 yoshli Ketlin Vieyra esa shu yilning fevralida rossiyalik Yana Kunickayaga ochkolar hisobiga ko'ra yutqazib qo'ygandi.
Ayni paytda Ketlin Vieyra va Misha Teyt UFC reytingida mos ravishda etinchi va sakkizinchi o'rinlarni egallab turishibdi.
Havola :
Manba : fighttime
Fikrlar