So’nggi yangiliklar

19:05Ёқубов реванш учун Гаирбековга ўз гонорарини беришга ҳам тайёр 0 18:40"Бу ҳақда ҳамма жим". Стрикленд UFC’ни кескин танқид қилиб, ташкилотни тарк этиш ниятини билдирди 0 18:11Алекс Перейра нима учун боксга ўтмаслигини тушунтирди 0 17:40Чеферин тўртинчи муддатга ўз номзодини қўйишга қарор қилди 0 17:14WBA Хайме Мунгиянинг жангини тасдиқламади ва вазиятга муносабат билдирди 0 16:30"Опетайяни осонгина мағлуб этаман". Шон Стрикленд боксга ўтишга тайёрлигини билдирди 0 15:41Жанибек Алимханулининг чемпионлик жанги қачон ва қаерда ўтиши маълум бўлди 0 15:12Меҳди Тартар: "Ўзбекистон билан мунтазам ўйнаш Эрон терма жамоасининг обрўсини туширмоқда" 0 15:07Илья Сибирцев Жаҳон кубогида совриндор бўлди (ФОТО) 0 14:41Жавоҳир Умматалиевнинг Лондондаги рақиби испаниялик бўлади 0 14:10UFC шарҳловчиси Жо Роган янги шартнома бўйича чорак миллиард доллар олади 0 13:39Мексикада рестлинг турнири чоғида 75 ёшли ҳакам қабул қилинган усулдан сўнг вафот этди + ФОТО 0 13:08"Ўғлимни катта дарвозадан эмас, орқа эшикдан чиқариб юборишди". Роналдунинг онаси терма жамоа атрофидаги машмашаларга муносабат билдирди 0 12:37Кормье Гэтжини огоҳлантирди: "Бундай қилиш ярамайди" 0 12:06Тошкентда сузиш бўйича Жаҳон кубоги бошланди 0

14 fev 12:53
Yangiliklar

Kurash, Qilichbozlik, Boshqalar

Olamsport.com sayti talqiniga ko'ra yilning eng yaxshilariga maxsus sovrinlar topshirildi + FOTO

Yodingizda bo'lsa, saytimiz orqali yilning eng yaxshilarini aniqlash bo'yicha so'rovnoma tashkil qilganlik.

Unda yurtimizda sport sohasida faoliyat olib borayotgan 19 nafar jurnalist va saytimizning telegramdagi muxlislari ishtirok etishgandi. 

11 ta yo'nalish bo'yicha 20 ta ovoz yakuniga ko'ra g'oliblar aniqlangandi. 

G'oliblar turli musobaqa va yig'inlarda ishtirok etganliklari sababli ushbu jarayon biroz kechikdi. 

Kuni kecha saytimiz vakillari sovrinni o'z egalariga topshirishdi. 

Yilning eng yaxshi erkak paralimpiyachisi yo'nalishida Husniddin Norbekov g'olib bo'ldi. U g'oliblik uchun Temur Giyasov va Doniyor Soliev bilan bellashgandi. Yakunda jahon rekordchisi, jahon chempioni, Paralimpiya o'yinlari g'olibi Husniddin Norbekov g'olib bo'ldi.  



Eng yaxshi ayol paralimpiyachi yo'nalishida esa pauerliftingchi qizimiz Rozaxon Qo'zieva g'olib bo'ldi. Unga mazkur yo'nalishda Nozimaxon Qayumova va Nafisa SHerifbaeva raqobat ko'rsatgandi.


Eng yaxshi hakam yo'nalishida qilichbozlik bo'yicha hakam sifatida faoliyat yuritayotgan Aida Hasanova g'olib bo'ldi. U ushbu so'rovnomada Ramziddin Saidov va Aleksandr Hamidovni ortda qoldirdi. 

 



Eng yaxshi ayol murabbiy sifatida kurash bo'yicha O'zbekiston ayollar terma jamoasi murabbiyi Dilfuza Rahmatova tengsiz bo'ldi. Ushbu yo'nalishda Rahmatovadan tashqari Dilnoza Bakirova va Liliya Vlasovaning nomzodi qo'yilgandi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing