So’nggi yangiliklar

19:52Ковингтон RAF турнирида Махачевга кураш таклиф қилди 0 19:02Жиддий тўқнашувда қатнашган "Тенерифе" футболчиси вафот этди 0 18:18Жонни Уокер укаси Вальтер билан жанг қилмаслигини айтди 0 17:26Жалгасбай Бердимуратов PWL Moscow турнирида иштирок этади 0 16:38Уиттакер Гусковга қарши жангда шоу ваъда қилди 0 16:01WBA рейтинги янгиланди: Икки ҳамюртимиз пешқадам, иккиси эса рейтингдан чиқиб кетди 0 15:52"Реал" АПЛдан Куртуага ўринбосар топди 0 15:00Дакар-2026: Муҳаммадисмоил Раҳмоновнинг медали Ўзбекистон сузиш спорти учун тарихий ҳисобланади 0 14:05Уайлдер кейинги жангини Гассиевга қарши ўтказиш бўйича музокара олиб боряпти 0 13:12Дакар-2026'да бугун тўрт нафар ўзбекистонлик спортчи баҳсга киришади 0 12:45Осиё Кубоги-2027 муддати қолдирилди: турнир қачон ўтказилади? 0 12:01Субханкулов ва Круз IBF камари учун жанг қилади 0 11:07Карлос Пратес: "Махачевга икки баробар кучлироқ зарба бераман, сабоқ олсин" 0 10:36Жон Маккарти Мойкано - Нолан жангидаги ҳакамнинг ҳаракатларига баҳо берди 0 10:05Sofascore. "Нефтчи" ва "Пахтакор" футболчилари кечаги учрашувлар учун неча баҳога лойиқ кўрилди? 0

08 apr 13:42
Yangiliklar

Boks/MMA

O'ldirish bilan tahdid qilgan UFC chempioni Jon Jons hibsga olindi

Teglar :  UFCJon Jons
Og'ir vazn toifasida UFC chempioni Jon Jonsning policiya tomonidan hibsga olingani aytilmoqda.

Policiya Jonsni antidoping agentligi vakilini o'ldirish bilan qo'rqitganlikda ayblayapti. Drug Free Sport International tashkiloti xodimasi Kristal Martines Jonsga shunday ayblov qo'ymoqda. Uning aytishicha, tekshiruv guruhi 30 mart kuni tongi soat 4 da Jonning uyiga borganda, u kuchli alkogol tasirida, yani mast holatda bo'lgan. Jons o'ldirish bilan tahdid qilishdan tashqari tekshiruvchining mobil telefonini ham olib qo'ygan.

SHu bilan birga Martines o'zi bilan birga bo'lgan xodim policiyaga murojaat etmasligini aytganini ham qo'shimcha qilmoqda. 2024 yilning boshidan beri UFC jangchilarini doping tekshiruvdan o'tkazayotgan tashkilot rahbari Jonsning uyiga borgan xodimlardan UFC rahbari bilan gaplashib olmaguniga qadar jangchiga ayblov qo'ymaslikni so'ragan. Lekin ayol tekshiruvchi policiyaga murojaat qilgan. 

O'z o'rnida Jon Jons tekshiruvchilar kelgan paytda haqiqatan ham mast holatda bo'lganini tan olgan. Ammo o'lim bilan tahdid qilganini inkor etgan va hatto hovli kamerasiga muhrlangan videoni ham policiyaga taqdim etgan. Videoda tekshiruvchilar va chempion do'stona ruhda xayrlashayotgani aks etgan.  

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing