So’nggi yangiliklar

23:16Россия чемпионати тўпурари Ўзбекистонга қарши ўйинда иштирок этишдан бош тортди 0 22:45"Сизни қон кутмоқда". Адесанья UFC’даги навбатдаги жанги учун шартнома имзолаганини эълон қилди 0 22:04Конор Макгрегорнинг мураббийи шогирдининг жангларга қайтиш эҳтимолини баҳолади 0 21:30АCА 209: Холмурод Нурматов ва Саидёқуб Қаҳрамонов иштирокидаги турнирнинг тўлиқ карди билан танишинг 0 20:56МЮ ҳужумчиси йил охиригача сафдан чиқди 0 20:13UFC 334 чемпионлик жангининг захира иштирокчиси эълон қилинди 0 19:32Guangzhou Open. Кудерметова ва Тимофеева жуфтликда 1/4 финалга чиқди 0 18:57Махачевнинг мураббийи Исламнинг ММАдан кетишидан олдин кимлар билан жанг қилишини кўришни исташини ошкор қилди 0 18:21Англия Лига кубоги 1/4 финал қуръаси натижалари маълум бўлди 0 17:43Фёдор Емельяненко: "Дана Уайт фаолиятимни бўғиб қўймоқчи эди" 0 17:05"Менинг камаримни олиб қўйишди". Чимаев Стрикланд билан жангдаги мағлубиятини яна тан олмади 0 16:38III Ёшлар Олимпиадасида иштирок этадиган Қозоғистон делегацияси таркиби эълон қилинди 0 15:56"Барселона" Испаниядаги йирик темир йўл ҳалокатига муносабат билдирди 0 15:19Guangzhou Open. Тимофеева рейтингда 405-поғонада бораётган 16 яшар қизчага ютқазди 0 14:45Арман Царукян турнирнинг асосий жанги иштирокчиси бўлади + ПОСТЕР 0

27 apr 19:49
Yangiliklar

Velosport

Olga Zabelinskaya: “Hali faoliyatimni tugatish rejamda yo'q”

Kuni kecha o'tgan yilning shu kunlarida Toshkent velosportning shosse yo'nalishi bo'yicha Osiyo chempionatiga mezbonlik qilgani haqidagi maqolamizni taqdim qilgan edik.

Bugun mazkur musobaqada hamyurtimiz Olga Zabelinskayanining 112,8 km masofaga kechgan guruh poygasi yo'nalishida zafar quchib, Tokio-2020 Olimpiya o'yinlariga yo'llanma qo'lga kiritganiga ham roppa-rosa 1 yil to'ldi. Fursatdan foydalanib, sportchimiz bilan mazkur g'alaba taassurotlari va oldindagi rejalari haqida qisqa suhbat uyushtirishga ham muvaffaq bo'ldik:

– O'tgan yil Osiyo chempionatida zafar quchganingizga ham 1 yil bo'libdi. Ushbu g'alaba faoliyatingizda qanday rol o'ynaydi?

– Osiyo chempionatidagi g'alaba mening 2019 yildagi bosh maqsadim edi. Tabiiyki, tayyorgarlik ham shunga yarasha yuqori saviyada bo'lib, ko'zlangan maqsadga etdik. CHempionatning O'zbekistonda o'tgani, hamyurtlarimizning ko'z o'ngida mana shunday g'alabaga erishishimiz, o'ylaymanki, velosportning yurtimizda rivoj topishiga yana bir karra hissa qo'shgan.

– Tokio Olimpiadasiga tayyorgarlik qanday ketmoqda?

– Butun dunyoda yuzaga kelgan karantin sabab rejalar tubdan o'zgarib ketdi. Musobaqalar taqvimi yangilangach biz ham rejalarimizni qayta ko'rib chiqishimiz mumkin. Hozircha uy sharoitida shug'ullanaman va kelgusi yilgi g'alabalar uchun kuch yig'aman. 

– Tokio Olimpiadasining yo'llanmasi shosseda qo'lga kiritildi. Demak, buyog'iga faqat shu yo'nalishdagi musobaqalarda qatnashasizmi?

– Yo'q. Rejalarimga trek poygalarida ham qatnashish kiritilgan. Asosiy kuch Olimpiadaga qaratilsa ham, ungacha trek bo'yicha Osiyo va jahon chempionatlari bor. Mazkur musobaqalar saviyasi ham ancha baland va ularda ham yurtimiz uchun medal olib kelish niyatidaman.


– Tokio faoliyatingizdagi oxirgi start bo'ladimi?

– Bilasizmi, hali faoliyatimni tugatish rejamda yo'q. SHu bois bu haqida gapirish biroz erta. Jamoam bilan katta-katta marralarni zabt etishni maqsad qilib qo'yganman. 

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing