23 fev 10:47
Yangiliklar
Olimpiya o'yinlari, Qishki sport turlari
Olimpiada-2018. 15 yoshli Zagitova oltin medal sohibasi bo'ldi+FOTO
Xabar berganimizdek, bugun Pxyonchxanda davom etayotgan Qishki olimpiya o'yinlari dasturidan 4ta medallar jamlanmasi uchun kurash o'rin olgan.
Bundan bir necha daqiqa avval figurali uchish bo'yicha g'olib va sovrindorlar nomi malum bo'ldi. Unda rossiyalik 15 yoshli Alina Zagitova erkin chiqish dasturidan so'ng 239,57 ball to'plab, Olimpiada chempioniga aylandi.
Uning hamyurti 18 yoshli Evgeniya Medvedeva esa 238,26 ball bilan kumush medalga sazovor bo'ldi. Kanadalik Keytlin Osmond 231,02 ball bilan bronza medali bilan taqdirlandi.
Olimpiada-2018. Pxyonchxan, Janubiy Koreya
Figurali uchish. Erkin dastur.
1. Alina Zagitova (Rossiya) — 239,57
2. Evgeniya Medvedeva (Rossiya) — 238,26
3. Keytlin Osmond (Kanada) — 231,02
4. Satoko Miyaxara (Yaponiya) — 222,38
5. Karolina Kostner (Italiya) — 212,44
6. Kaori Sakamoto (Yaponiya) — 209,71…
Havola :
Fikrlar