14 okt 07:47
Yangiliklar
Olimpiya o'yinlari
Olimpiada-2018. Dolera Davronova bronza medali sohibasi!
Argentinaning Buenos-Ayres shahrida III yozgi o'smirlar Olimpiya o'yinlari davom etmoqda.
Ushbu «kichik Olimpiada»da o'zbekistonlik sportchilar ham muvaffaqiyatli ishtirok etishmoqda. Hamyurtlarimizning zafarli yurishini bugun og'ir atletikachimiz Dolera Davronova davom ettirdi.
+63kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Dolera dast ko'tarishda 92kg., siltab ko'tarishda esa 125kg. tosh ko'tardi. Umumiy hisobda esa 217kg natija ko'rsatib, uchinchi ko'rsatkichni qayd etdi va o'smirlar Olimpiya o'yinlarining bronza medaliga sazovor bo'ldi.
SHu tariqa, o'zbekistonlik sportchilar hisobida medallar soni sakkiztaga etdi. Ularning 2 tasi oltin, 3 tasi kumush va 3 tasi bronza medallaridir. Bitta oltin va yana 1 ta bronza medali mikst bahslarida qo'lga kiritilgan.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar