07 dek 08:51
Yangiliklar
Olimpiada-2018. Rossiya XOQning qarori yuzasidan boykot elon qilmaydi
Malumki, Xalqaro Olimpiya qo'mitasi (XOQ) Rossiya terma jamoasi sportchilarini 2018 yili Janubiy Koreyaning Pxyonchxan shahrida o'tkaziladigan Qishki olimpiya o'yinlaridan chetlatgan edi.
SHuning barobarida rossiyalik sportchilar faqat Olimpiya bayrog'i ostida musobaqada ishtirok etishlari mumkin. Rossiya Federaciyasi Prezidenti Vladimir Putin XOQning bu qaroriga nisbatan hech qanday munosabat bildirilmasligini malum qildi.
"Sportchilarimiz bir necha yildan buyon Qishki olimpiya o'yinlariga tayyorgarlik ko'rib kelishayotgan edi. XOQning bu qarori barchamizni karaxt holatga solib qo'ydi. Biz bu qarorga nisbatan hech qanday chora qo'llamaymiz. Kim Olimpiya bayrog'i ostida musobaqada qatnashmoqchi bo'lsa, bunga bizning qarshiligimiz yo'q", - dedi Putin.
Fikrlar