05 okt 15:41
Yangiliklar
Og'ir atletika
Olimpiada chempioni Akbar Jo'raev samarqandlik yoshlarga mahoratini namoyish etdi
Tokio-2020 qahramonlaridan biri, og'ir atletika bo'yicha -109 kg vazn toifasi chempioni va rekordchisi Akbar Jo'raev Samarqand Olimpiya zaxiralari kolleji sportchilari bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida chempion Olimpiada shohsupasi tomon bosib o'tgan yo'l, tajribasi va maslahatlari bilan o'rtoqlashdi. Samimiy uchrashuv davomida shuningdek, Jo'raev samarqandlik sportchilarga master-klass o'tib berdi.
Olimpiya zaxiralari kolleji o'quvchilari chempion bilan uchrashuvdan ruhlanib, maqsadlari sari harakat uchun qo'shimcha kuch oldilar desak, mubolag'a bo'lmaydi. Zero, Olimpiada chempioni bilan birga mashg'ulot o'tkazish har qanday yosh sportchilarning orzusidir.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar