29 okt 11:25
Yangiliklar
Sport kurashlari, Boks/MMA
Olimpiada chempioni MMA'da jang qilmoqchi
2012 yilgi Olimpiada chempioni amerikalik erkin kurashchi Jordan Barrouz o'zini MMA'da sinab ko'rishini malum qildi.
Erkin kurashchi faoliyatini yakunlaguniga qadar aralash yakkakurashlar bo'yicha bitta jang o'tkazish istagida ekanini aytgan.
"Faoliyatimni yakunlashdan oldin MMA'da bitta jang o'tkazishni istayman. Faqat bitta!", - deb yozadi Barrouz ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Barrouz tarixdagi eng ko'p mukofotlangan amerikalik kurashchilardan biridir. Jahon chempionatlari va Olimpiya o'yinlarida u o'tkazilgan 37 ta bellashuvining 33 tasida g'alaba qozongan.
Havola :
Manba : matchtv.ru
Fikrlar