So’nggi yangiliklar

13:37Усман Нурмагомедов Абу-Дабидаги қамоқхонада қандай шароитда сақланиши айтилди 0 12:53Дмитрий Бивол ўз юртидаги ва хориждаги баҳслар нимаси билан фарқ қилишини айтди 0 12:00Остон Ўруновни Эроннинг бошқа клуби сотиб олмоқчи 0 11:08"Усман UFC'га керак. У ерда бундай йигитларни яхши кўришади". Царукян Нурмагомедовнинг жанжалдан кейинги келажаги ҳақида гапирди 0 10:17Саккизта медалга эга Ўзбекистон делегацияси IV Ёшлар ёзги Олимпия ўйинларида нечанчи ўринни эгаллади? 0 09:46Россия бокс терма жамоасига виза беришмади 0 09:15Миллатлар лигаси. Нидерландиядан 7 та гол, Германиядан ишончли ғалаба 0 08:44Zagreb Grand Prix 2026. Диёра Келдиёрова яна шоҳсупада! 0 08:13"UFC Усман Нурмагомедовга умрбод тақиқ қўйилишидан умидворман" - Нина Драма 0 07:42WBC россиялик боксчиларни рейтинглар ва чемпионлик жангларидан четлатиш қарорини тасдиқлади 0 07:01Лионель Месси Аргентинада махсус учрашувда иштирок этади 0 20:58Ўзбекистон чемпионати: аёллар курашида ғолиблар аниқланди 0 20:27Муҳиддин Мадаминов Tata Steel Chess 2027 турнирида иштирок этади, Бибсара ҳам! 0 19:56UFC’нинг мағлубиятсиз жангчиси гиёҳванд моддаларни меъёридан ортиқ истеъмол қилгани ортидан шифохонага ётқизилди 0 19:25Кэррик МЮдан хафа ва раҳбариятдан ранжиган — The Telegraph 0

19 fev 17:30
Yangiliklar

Og'ir atletika

Olimpiada chempioni Ruslan Nuriddinov terma jamoa safida mashg'ulotlarni davom ettirmoqda

Og'ir atletika bo'yicha O'zbekiston ayollar va erkaklar terma jamoalari muhim turnirlar oldidan o'quv-yig'in mashg'ulotlarini davom ettirmoqdalar.

O'zbekiston erkaklar terma jamoasining Sochidagi yig'inida Olimpiya o'yinlari chempioni Ruslan Nuriddinov ham ishtirok etmoqda. Xabaringiz bor, Rio Olimpiadasidan so'ng O'zbekiston og'ir atletika federaciyasi Ruslanga 1,5 yillik dam bergandi. Hozirga kelib esa, u terma jamoa bilan birga Sochidagi yig'inlarida ishtirok etmoqda. O'z vaqtida jahon chempionati va Olimpiya o'yinlarida oltin medalni qo'lga kiritgan Ruslanning bugungi kundagi asosiy maqsadi Osiyo o'yinlari g'olibiga aylanish hisoblanadi. Undan tashqari, terma jamoamizning boshqa azolari ham yangi mavsum uchun jiddiy hozirlik ko'rishmoqda. 3 fevral kuni boshlangan yig'in 27 fevralgacha davom etadi.

Eslatib o'tamiz, yig'inda ishtirok etayotgan sportchilarimiz ro'yxati quyidagicha ko'rinish olgan:

Farhodbek Sobirov

Akbar Jo'raev

Doston Yoqubov

Ruslan Nuriddinov

Rustam Djangabaev

Adhmajon Ergashev

SHahzod Xudoyberganov

Sunnatilla O'sarov

Muhammadqodir Toshtemirov

Saidmuxtor Saidahrorov


Murabbiylar: Bahrom Abdumalikov, Mansurbek CHashemov

Massajchi: Obiddin Muslimov


SHuningdek, qizlarimiz ham yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirishmoqda. Qozon shahrida o'tkazilayotgan yig'inlar ham qizg'in kechmoqda. 

O'zbekiston ayollar terma jamoasi yig'inda quyidagi tarkibda ishtirok etmoqda:

Muattar Nabieva

Omadoy Otaqo'zieva

SHahloxon Abdullaeva

Kumushxon Fayzullaeva

Nigora Suvonova

Tursunoy Jabborova

Gulnoza Ahmadova

Dolera Davronova

Zarnigor Abdurahmonova

Nigora Abdullaeva

Zuhra Otajonova

Bozorgul Ramberganova.

Qizlarimiz murabbiylar Bahrom Mendiboev va Mahmud Tog'aevlar qo'l ostida mashg'ulotlar olib borishmoqda. 6 fevral kuni boshlangan yig'in 27 yanvar kuni o'z nihoyasiga etadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing