20 apr 19:00
Yangiliklar
Og'ir atletika
Olimpiada chempioni Ruslan Nuriddinovning endi qaysi musobaqada ishtirok etishi malum bo'ldi
Og'ir atletikachimiz Ruslan Nuriddinov Rio Olimpiadasidan so'ng hali musobaqada ishtirok etmagandi.
Ruslan Nuriddinov endilikda 2018 yilda Indoneziya poytaxti Jakarta shahrida bo'lib o'tadigan Osiyo o'yinlarida ishtirok etadi.
Takidlab o'tish lozimki, Olimpiada rekordchisi bungacha Osiyo o'yinlarida sovrindor bo'lmagan. Olimpiada, jahon, talabalar o'rtasidagi universiada g'oliblarining hisobida aynan Osiyo o'yinlarining oltin medali yo'q. SHu sababdan ham ushbu turnir Ruslan uchun yaxshigina stimul vazifasini bajaradi.
U ayni paytda jarohatidan to'liq forig' bo'lmagan. Lekin, Osiyo o'yinlarigacha u yana optimal formaga qaytishiga ishonmoqda.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar