14 apr 23:34
Yangiliklar
Olimpiada licenzianti Jalgasbay Berdimuratov Osiyo chempioni + FOTO
Bugun qita chempionatida yunon-rum kurashi bo'yicha bellashuvlar davom ettirilib, barcha vazn toifalarida g'olib va sovrindorlar nomi malum bo'ldi.
Quvonarlisi, 82 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Jalgasbay Berdimuratov Osiyo chempionatining oltin medalini qo'lga kiritdi. Qoraqalpoq o'g'loni Tokio Olimpiadasi yo'llanmasini 2019 yilda aynan Qozog'istonda o'tgan jahon chempionatida naqd qilgandi.
Berdimuratov birinchi davrada eronlik Mahdi Asgar Ebrahimini 6-0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Keyin esa qirg'izistonlik Kalidin Asikeevga 1-3 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. Yarim finalda yaponiyalik Satoki Mukaini 3-2 hisobida taslim etgan Jalgasbay oltin medal uchun kechgan bellashuvda qirg'izistonlik Asikeevdan uchinchi bosqichdagi mag'lubiyat uchun revansh oldi - 3-1!
Fikrlar