11 sen 14:31
Yangiliklar

"Olimpiada muvaffaqiyatsiz bo'ldi. Rivojlanishni esa shu insonlar bilan davom ettirmoqchimiz". Qozog'istonlik Olimpiada chempioni o'z fikrlarini bildirdi
Malumot uchun, qozog'istonlik bokschi qiz Angelina Lukas terma jamoadagi nohaqliklar sabab mamlakat rahbariyatiga murojaat qilgan.
-Qozog'iston boks federaciyasi rahbariyatining Angelina Lukas bilan bog'liq holatdagi harakatlari qozoq sportiga zarar etkazishi mumkinmi?
-Albatta, bunday holatlar bungacha ham bo'lgan - bu sir emas. Odamlar Qozog'istondan ketib Qirg'iziston sport kurashlari terma jamoasida muvaffaqiyatga erishishgan. SHuningdek og'ir atletikada ishlagan mutaxassisimizni olaylik. Ular olib ketishdi va u O'zbekistonga Olimpiada chempionini taqdim qilishga yordam berdi. Sizda zaxira kattami deyman?
Hozir qozoq boksi muammolar bilan to'qnash kelgan. Bizda muvaffaqiyatsiz Olimpiada bo'ldi. Endi esa yana shu odamlar bilan rivojlanishni davom ettirmoqchimiz. Ammo bizda xech narsa o'xshamayapti: muammo ortidan muammo. Bu muammoni esa federaciyada ishlayotgan amaldorlarning o'zlari yaratishmoqda", - dedi Sarsekbaev.
Malumot uchun, Sarsekbaev o'z vaqtida O'zbekiston boks terma jamoasi sharafini himoya qilgan va 2002 yilgi Osiyo o'yinlari g'olibi bo'lgan. Muvaffaqiyatlari evaziga "O'zbekiston iftixori" unvonini qo'lga kiritishga ham ulgurgan.
Fikrlar