18 mar 10:22
Yangiliklar
Boks/MMA, Olimpiya o'yinlari

Tomas Bax: "World Boxing tomonidan tan olingan federaciyalar bokschilari Los-Anjeles-2028`da qatnashishlari mumkin"
Xalqaro Olimpiya qo'mitasi prezidenti Tomas Bax XOQ Ijroiya kengashi boksni 2028 yilgi Olimpiya o'yinlari dasturiga kiritishni tavsiya qilganini aytdi.
"Bugun Ijroiya kengashi ancha xotirjam edi. Faqat bitta haqiqiy qaror qabul qilindi. Fevral oyida World Boxing vaqtinchalik tan olinishi ortidan boksni 2028 yilgi Los-Anjeles Olimpiadasiga kiritish haqida gap bordi.
Biz qabul qilgan qaror tufayli ham sessiyada bu tavsiya chiqdi. Ishonchim komilki, sessiya buni qabul qiladi. SHunday ekan, jahondagi barcha boks milliy federaciyalari World Boxing tomonidan tan olinsa, 2028 yilgi Olimpiadada qatnasha olishiga ishonch hosil qiladi", dedi Bax.
Havola :
Manba : ioc.org
Fikrlar