So’nggi yangiliklar

09:40Сергей Ростовцев Италияда биринчи бўлди 0 09:03Асу Алмабаев UFC рейтингида яна юқорилади 0 08:25Дешам ЖЧ-2026 ярим финалида Франциянинг Испаниядан учраган мағлубияти сабабини айтди 0 19:30Қоч Ўзбекистон келяпти: Богдан Гусков тарихий имконият остонасида, Рамазон Темиров эса ўз йўлини давом эттиради (мутолаа учун) 0 19:05Дастин Порье фаолиятидаги энг кучли рақибни айтди. Бу Ислам Махачев эмас 0 18:39Алекс Перейра навбатдаги жангини қачон ўтказишини маълум қилди 0 18:14Равшан Эрматов U-20 Жаҳон чемпионати санаси, янги стадион очилиши ҳамда Осиё кубоги мезбонлиги ҳақида гапирди 0 17:45UFC тарихида ўзбекистонлик жангчилар илк марта бундай натижага эришишди 0 17:23Магомед Анкалаев: "Мен билан жангга тайёргарлик кўриш учун 10 йил керак!" 0 16:57Ўзбекистон Davis Cup - Group III турниридаги иштирокини бошлаш арафасида 0 16:30Дешам Испанияга қарши ўйин олдидан: "Улар яққол фаворит" 0 15:58Царукяннинг жанги чемпионлик мақомида бўлади + ПОСТЕР 0 15:19Нурсултон Рўзибоев янгиланган рейтингда ТОП-15'га кириб олди 0 14:56Пауло Коста нега Анкалаев билан жангдан бош тортганини маълум қилди 0 14:23Колумбия футболчиси ўлим таҳдидлари туфайли ЖЧ-2026`дан сўнг ватанига қайтмади 0

17 apr 07:41
Yangiliklar

Og'ir atletika

Olimpiadaning medali, Olimpiya o'yinlari zonasidagi og'ir atletikachilarimiz va ularning imkoniyati. Osiyo chempionati oldidan matbuot anjumani tashkil etildi + FOTO

Teglar :  Og'ir atletika
Poytaxtimiz Toshkent shahri 17-25 aprel kunlari kattalar o'rtasida Osiyo chempionatiga mezbonlik qiladi.

Ushbu chempionatda qitamizning eng sara atletlari Tokio Olimpiadasi licenziyasi yo'lida qimmatli reyting ochkolari uchun ham kurash olib borishadi.

Kecha ushbu chempionat oldidan "Wyndham" mehmonxonasida matbuot anjumani bo'lib o'tdi. Unda Milliy olimpiya qo'mitasi raisining birinchi o'rinbosari Ravshan Irmatov, O'zbekiston og'ir atletika federaciyasi raisining birinchi o'rinbosari, Osiyo og'ir atletika federaciyasi vice-prezidenti, Xalqaro og'ir atletika federaciyasi ijroi qo'mita azosi SHahrullo Mahmudov, Rio Olimpiadasi chempioni Ruslan Nurudinov, Rio Olimpiya o'yinlari kumush medal sohibi filippinlik Xederini Dias, og'ir atletika bo'yicha Jahon chempioni Ivan Efremov va yoshlar o'rtasidagi Jahon chempioni Dolera Davronova hamda OAV vakillari ishtirok etishdi. 

Tadbir o'zbek sporti uchun ajoyib xushxabar bilan boshlandi. London Olimpiadasida ishtirok etib, 5-o'rinni egallagan sportchimiz Ivan Efremov rasman London-2012 Olimpiya o'yinlarining bronza medali sohibiga aylandi. Ivan Efremov bundan 9 yil avvalgi o'yinlarda -105 kg vazn toifasida 5-natijani qayd etgan edi. O'sha Olimpiadada uchinchi va to'rtinchi o'rinni egallagan atletlardan taqiqlangan modda topilgani uchun ularning natijasi bekor qilinib, Efremov 3-o'ringa ko'tarildi. SHu tariqa, Olimpiya o'yinlarida qo'lga kiritilgan medallarimiz soni yana bittaga ko'paydi. 

Yana bir sportchimiz Dolera Daronovaga Buenos-Ayresda o'tkazilgan o'smirlar Olimpiadasining kumush medali topshirildi. Argentinada Dalera -63 kg vazn toifasida bronza medalini qo'lga kiritgan edi. Ammo birinchi o'rinni egallagan atletdan taqiqlangan modda topilganligi sababli uning natijasi bekor qilinib, Dalera 1 o'rin yuqoriga ko'tarilib, kumush medalga ega chiqdi. 

Medallarni MOQ raisining birinchi o'rinbosari Ravshan Irmatov va Osiyo og'ir atletika federaciyasining vice-prezidenti Abdulloh Al Jarmal o'z egalariga tantanali ravishda topshirdi.


SHundan so'ng,  O'zbekiston og'ir atletika federaciyasining birinchi o'rinbosari, Osiyo og'ir atletika federaciyasi vice-prezidenti, Xalqaro og'ir atletika federaciyasi ijroi qo'mitasi azosi SHahrullo Mahmudov so'zga chiqdi:

"Navbatdagi Osiyo chempionati pandemiya davridagi birinchi, Tokio Olimpiadasi oldidan so'nggi musobaqa hisoblanadi. SHuning uchun ham yurtimizga Osiyoning eng kuchli atletlari etib kelishgan. Osiyo ushbu sport turi bo'yicha jahonda eng etakchi qita hisoblanadi. So'zimning isboti sifatida oxirgi Olimpiadalardagi natijalarni keltirishim mumkin. Boshlanayotgan Osiyo chempionatida ko'plab jahon va Olimpiya chempionlari ishtirok etishadi. Jumladan, og'ir atletikada etakchi sanalgan Xitoy terma jamoasi eng kuchli 18 nafar atleti bilan qatnashadi. SHu bois bellashuvlar qiziq o'tishiga hech qanday shubha yo'q",-dedi SH.Mahmudov.

Tadbirning savol-javob qismida OAV vakillari o'zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

-Ivan Efremovga bronza medali topshirildi. Sportchimiz Olimpiada sovrindorlari qatori taqdirlanadimi?

-Ushbu yangilik juda tez sodir bo'ldi. Medallar ham yaqindagina etib keldi. SHu sababli bugun uni tantanali topshirishga qaror qildik. Biz hukumatimizga bu borada murojaat bilan chiqdik. Sportchilarimiz doimo davlatimiz tomonidan qo'llab-quvvatlanib kelingan. Ishonamizki, albatta Efremov munosib taqdirlanadi”, - dedi Ravshan Irmatov. 


"Bizning sportchilardan 6 nafari licenzion zonada turibdi: Adhamjon Ergashev, Akbar Jo'raev, Muattar Nabieva, Kumushxon Fayzullaeva, Tursunoy Jabborova, Muhammadqodir Toshtemirov. 6 sportchimiz bu zonada turgani bilan, ammo biz uchun 4 ta yo'llanma ajratilgan. Ikkita erkaklarga va ikkita ayollarga",-deya ko'pchilikni qiziqtirgan savolga javob berdi SHahrullo Mahmudov.

"Juda ham xursandman. Bu o'zbek  og'ir atletikasi tarixida birinchi Olimpiada medali. Birinchisi bronza bo'ldi, ikkinchisi esa Ruslan Nurudinovdan rekordli oltin medal. Faqat xursandman, bu yoqimli albatta", - deya fikrlari bilan o'rtoqlashdi Olimpiada o'yinlarining sovrindori Ivan Efremov.


"Biz chempionatga yaxshi tayyorlandik. Xudo xohlasa, shanba kuni shohsupaga qaytaman (24 aprel - izoh Olamsport). Albatta barchasi ana shu erda hal bo'ladi",-dedi 2 yildan so'ng katta sportga qaytayotgan Ruslan Nurudinov.

SHuningdek, ushbu turnir karantin vaqtida bo'lib o'tayotgani uchun OAV vakillari uchun malum bir to'siqlar borligi, lekin jurnalistlarga sovrindor sportchilar bilan uchrashib, intervyular olishlari uchun sharoitlar yaratilgani takidlandi.

-Bilishimizcha, proffesional faoliyatingizni yakunlagansiz. SHu rostmi? Keyinchalik murabbiylik qilish niyatingiz bormi? (Ivan Efremovga)

-"Ha, albatta murabbiylik bilan shug'ullanishga tayyorman. Bunga harakat qilyapmiz",-deya Ivan Efremov savolimizga qisqagina javob berdi.

www.olamsport.com sayti Osiyo chempionatida ishtirok etadigan barcha sportchilarimizga omad tilaydi. 

Xurshida Abdikulova tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing