So’nggi yangiliklar

19:52Ковингтон RAF турнирида Махачевга кураш таклиф қилди 0 19:02Жиддий тўқнашувда қатнашган "Тенерифе" футболчиси вафот этди 0 18:18Жонни Уокер укаси Вальтер билан жанг қилмаслигини айтди 0 17:26Жалгасбай Бердимуратов PWL Moscow турнирида иштирок этади 0 16:38Уиттакер Гусковга қарши жангда шоу ваъда қилди 0 16:01WBA рейтинги янгиланди: Икки ҳамюртимиз пешқадам, иккиси эса рейтингдан чиқиб кетди 0 15:52"Реал" АПЛдан Куртуага ўринбосар топди 0 15:00Дакар-2026: Муҳаммадисмоил Раҳмоновнинг медали Ўзбекистон сузиш спорти учун тарихий ҳисобланади 0 14:05Уайлдер кейинги жангини Гассиевга қарши ўтказиш бўйича музокара олиб боряпти 0 13:12Дакар-2026'да бугун тўрт нафар ўзбекистонлик спортчи баҳсга киришади 0 12:45Осиё Кубоги-2027 муддати қолдирилди: турнир қачон ўтказилади? 0 12:01Субханкулов ва Круз IBF камари учун жанг қилади 0 11:07Карлос Пратес: "Махачевга икки баробар кучлироқ зарба бераман, сабоқ олсин" 0 10:36Жон Маккарти Мойкано - Нолан жангидаги ҳакамнинг ҳаракатларига баҳо берди 0 10:05Sofascore. "Нефтчи" ва "Пахтакор" футболчилари кечаги учрашувлар учун неча баҳога лойиқ кўрилди? 0

25 apr 09:30
Yangiliklar

Sport kurashlari, Kurash

Olimpiya kelajagi. Sport kurashlari bo'yicha bahslarda hududiy g'oliblar malum bo'ldi

Xabar qilganimizdek, Milliy olimpiya qo'mitasi tashabbusi bilan sportning to'rtta yo'nalishida viloyat terma jamoalari o'rtasida Olimpiya kelajagi jamoaviy musobaqasi boshlandi.

Bellashuvlar hududlarga bo'lingan holda dzyudo, boks, sport kurashlari va taekvondo WTF kabi sport turlari bo'yicha tashkil etilmoqda. Sport kurashlari bo'yicha o'tkazilgan musobaqada to'rtta hududda g'olib terma jamoalar nomi malum bo'ldi.

«A» guruhi:
Mezbon – Namangan.

Qatnashchilar: Namangan, Andijon, Farg'ona.

Erkin kurash:

1-o'rin: Namangan
2-o'rin: Andijon
3-o'rin: Farg'ona

Yunon-rum kurashi:

1-o'rin: Farg'ona
2-o'rin: Andijon
3-o'rin: Namangan

«B» guruhi:
Mezbon – Toshkent shahri

Qatnashchilar: Toshkent shahri, Toshkent viloyati, Sirdaryo.

Erkin kurash:

1-o'rin: Toshkent viloyati
2-o'rin: Toshkent shahri
3-o'rin: Sirdaryo

Yunon-rum kurashi:

1-o'rin: Toshkent viloyati
2-o'rin: Toshkent shahri
3-o'rin: Sirdaryo

«C» guruhi:
Mezbon – Samarqand

Qatnashchilar: Samarqand, Jizzax, Buxoro, Surxondaryo.

Erkin kurash:

1-o'rin: Buxoro
2-o'rin: Jizzax
3-o'rin: Surxondaryo

Yunon-rum kurashi:

1-o'rin: Buxoro
2-o'rin: Samarqand
3-o'rin: Jizzax

«D» guruhi:
Mezbon – Navoiy

Qatnashchilar: Navoiy, Qoraqalpog'iston, Qashqadaryo, Xorazm

Erkin kurash:

1-o'rin: Qoraqalpog'iston
2-o'rin: Navoiy
3-o'rin: Xorazm

Yunon-rum kurashi:

1-o'rin: Navoiy
2-o'rin: Qoraqalpog'iston
3-o'rin: Xorazm

Toshkent shahri mezbonlik qilgan musobaqa oldidan xalqaro toifadagi hakam Tohir G'ulomov turnir hakamlari va murabbiylar uchun seminar o'tkazdi. Ushbu seminarda ishtirok etgan mutaxassislar o'z bilim va malakalarini yana bir bor toblab oldilar.

Guruhda g'oliblikni qo'lga kiritgan jamoalar noyabr oyida bo'lib o'tadigan final bellashuvlarida qatnashish huquqini qo'lga kiritdilar.

Demak, saralash bosqichi yakunlariga ko'ra erkin kurash bo'yicha Namangan, Toshkent, Buxoro viloyatlari va Qoraqalpog'iston Respublikasi terma jamoalari final bosqichida kurashni davom ettirishadi. Yunon-rum kurashida esa hal qiluvchi kurash Farg'ona, Toshkent, Buxoro va Navoiy viloyati termalari o'rtasida kechadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing