So’nggi yangiliklar

13:23ФАКТ. Ўзбекистон сафарда Жанубий Кореяни мағлуб эта олмаган 0 12:24Дана Уайт UFC қийматини 50 млрд долларга баҳолади 0 11:43"Тарихий натижа учун мукофот йўқ" — қозоғистонлик шахматчи норозилик билдирди 0 10:35Забит Магомедшарипов RAF Wrestling Лигаси билан шартнома имзолади 0 09:42Бугун Ўзбекистон миллий терма жамоаси Корея Республикаси меҳмони бўлади 0 09:11Солт-Лейк-Ситидаги UFC 332 турнири иккита тарихий рекордни янгилади 0 08:40Бугун Жаҳон чемпионатида Элбек Тожиевга мухлислик қиламиз! 0 08:09Олимпиадада қатнашган шахматчилар Ватанга қайтишлари билан қамоққа олинди 0 07:38Миллатлар лигаси. Франция терма жамоаси Бельгияни тор-мор этди, Олиседа — дубль! 0 07:07Mangu 6 турнири учун чемпионлик жанги тасдиқланди + ПОСТЕР 0 19:55Дастин Порье Рамазон Темировни мақтаб, унга рақиб таклиф қилди 0 18:21Ўзбекистоннинг Осиё ўйинларидаги 70 та медали учун жами қанча мукофот пули тўланади? 0 17:15Фабио Каннаваро: "Терма жамоада соғлом рақобат бўлиши керак" 0 16:39Теннисчи Александра Бармичева J200 Истанбул турнирида чемпион бўлди 0 15:57UFC 335 турнирининг марказий жанги BMF камари учун бўлиб ўтади (ПОСТЕР) 0

19 okt 08:41
Yangiliklar

Olimpiya o'yinlari

Olimpiya o'yinlari: 206 mamlakat ichida 13-o'rinni egalladik!

Argentinaning Buenos-Ayres shahrida III yozgi o'smirlar Olimpiya o'yinlari nihoyasiga etdi.

Bugun musobaqaning so'nggi kun bahslari o'tkazildi. O'yinlar yakuniga ko'ra o'zbekistonlik yosh sportchilar tomonidan umumiy hisobda 16 ta medal qo'lga kiritildi. Ularning 5 tasi oltin, 4 tasi kumush va 7 ta bronza medallaridir.

O'zbekistonlik sovrindor sportchilar ro'yxati:

Oltin:

Jayhunbek Nazarov (dzyudo, mikst)

Kumushxon Fayzullaeva (og'ir atletika)

Gulbahor Fayzieva (baydarka va kanoeda eshkak eshish)

Umidjon Jalolov (erkin kurash)

Abdumalik Xalakov (boks)

Kumush:

Ulug'bek Rashitov (taekvondo)

Muhammadqodir Toshtemirov (og'ir atletika)

Islom Abdusalomov (baydarka va kanoeda eshkak eshish)

SHohida Ahmedova (sport kurashlari)

Bronza:

Nilufar Ermagambetova (dzyudo)

Indira O'lmasova (gimnastika, mikst).

Dolera Davronova (og'ir atletika)

Muhammadrasul Rahimov (erkin kurash)

Jahongir Rahmonov (boks)

Dildora Aliqulova (karate)

Timur Merjanov (boks).

Malumot uchun, ushbu Olimpiya o'yinlarida sportchilarimiz yangi yo'nalishlarda ham medallarga sazovor bo'la oldilar. Jumladan, bungacha O'zbekiston o'smirlar Olimpiadasida og'ir atletika bo'yicha xech qachon oltin medal qo'lga kiritmagandi. SHuningdek, qizlarimiz ham sport kurashlari bo'yicha medallarga ega chiqishmagan. Baydarka va kanoeda eshkak eshish bo'yicha ham avvalgi Olimpiya o'yinlarida medallar olmagandik. Bu safar eshkak eshuvchilarimiz oltin va kumush medallarga ega chiqishdi.

O'yinlar davomida sportchilarimiz 16 ta medal qo'lga kiritishdi. Taqqoslash uchun, 2014 yilgi o'smirlar Olimpiadasida hamyurtlarimiz 10 ta medalga ega chiqqandilar va yakunda medallar sifati bo'yicha 27-o'rinni egallashgandi. Guvohi bo'lganimizdek, bu safargi o'yinlarda terma jamoamiz o'z poziciyasini yanada yaxshiladi va jahonning 206 mamlakati ichida 13-o'rindan joy oldi. Bu orqali O'zbekiston o'smirlar Olimpiya o'yinlaridagi o'z rekordini yangiladi.

Bu borada biz Osiyoda beshinchi, MDHda uchinchi, Markaziy Osiyo davlatlari ichida birinchi bo'la oldik. Qo'shni mamlakatlar ichida eng yaqin taqibchimiz Qozog'iston terma jamoasi 10 ta medal bilan (4 ta oltin, 3 ta kumush, 3 ta bronza) 15-o'rindan joy oldi. Qirg'iziston esa 3 ta medal (2 ta kumush, 1 ta bronza) bilan 69-pog'onadan o'rin oldi. 1 ta bronza medalini qo'lga kiritgan Afg'oniston vakillari 90-o'rinni egallashdi. Yana ikki qo'shnimiz Tojikiston va Turkmaniston terma jamoasi vakillari medallar qo'lga kirita olishmadi.

Reyting:    

Fikrlar

   
19 okt 09:33:02
Jasur
яшавор Василий
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing