So’nggi yangiliklar

16:50Мейвезер катта жанги учун эҳтимолий рақибларни очиқлади 0 16:19Усман Нурмагомедов бир неча кун ичида UFC’га ўтиши мумкин 0 15:48Венгер ФИФА президенти сайловида иштирок этишга рози бўлиш арафасида 0 15:17Уч нафар ҳамюртимиз Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:46Бугун икки боксчимиз Олимпия ўйинлари медали учун рингга кўтарилади 0 14:15Магнус Карлсен: "Абдусатторов билан машғулотлар мени реалликка қайтарди" 0 13:44Александр Головин Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади 0 13:13Дана Уайт Оқ уйда матбуот котиби бўлиш таклифига ўз жавобини айтди 0 12:42Паризода Талабованинг медали ўзбек енгил атлетикаси учун тарихий бўлди 0 12:11Осиё Миллатлар кубогида Ўзбекистон шарафини тўққиз шахматчи ҳимоя қилади 0 11:42Дакар-2026: бугун енгил атлетика ва велоспорт баҳслари якунланади, боксчилар чорак финалда рингга чиқади 0 11:40Касильяс ўйин амалиёти етишмаслиги сабаб ўғилларини "Реал" академиясидан олиб кетди 0 11:09Магомед Анкалаев кейинги жангини оғир вазнда ўтказмоқчи 0 10:38Чимаев RAF турнирида собиқ UFC чемпионига қарши курашади, Ковингтон сафдан чиқди 0 10:07Келаси ҳафта Тошкентга келадиган Тедди Ринер Франция президентлиги сайловида қатнашмоқчи 0

27 iyu 14:07
Yangiliklar

Bolalar sporti

Olimpiya va Osiyo o'yinlari sovrindorlari bilan mashhur sport maktabi faoliyati o'rganildi

Jismoniy tarbiya va sport vazirligining maxsus ishchi guruhi Namangan viloyatidagi sport maskanlari bilan tanishishda davom etmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Ishchi guruhi Namangan shahrida joylashgan Yakka kurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan bolalar-o'smirlar sport maktabining ayni damdagi holati bilan yaqindan tanishishdi.

To'rtta yirik bazaga ega bo'lgan sport maktabi qoshidagi sport inshootlarida bir kunda 2 mingdan ziyod aholi turli sport turlari bo'yicha mashg'ulotlarda band bo'lishadi.

2016 yilda Namangan shahar YAKSTIBO'SMga aylantirilgan ushbu muassasada 15 sport turi bo'yicha jami 80 nafar trenerlar 762 nafar sportchi yoshlarga kelajakda har bir musobaqalarda yuqori natijalarga erishishi yo'lida saboq berib kelyapti.

Etiborlisi, ushbu sport maktabida Namangan viloyatida yagona bo'lgan zamonaviy velotrek bazasi mavjud. Hozirda 4 nafar trener velosportning ommalashuvi yo'lida xizmat ko'rsatayapti. 40 nafardan ortiq yoshlar ushbu sport turi bilan professional darajada shug'ullanmoqda.

Ushbu sport maktabidan jahonga mashhur sportchilardan Olimpiya o'yinlari va jahon chempionatlari sovrindori Rustam Assakalov, yoshlar o'rtasida Jahon va Osiyo chempioni Adham Ergashev, Osiyo o'yinlari sovrindorlari Bahriniso Boboeva va Muxlisa Abdumalikovalar etishib chiqqan.

Bundan tashqari yosh sportchilar o'rtasida qator xalqaro musobaqalar g'oliblari tarbiyalanmoqda. Ushbu sport maktabidan hozirda 66 nafar iqtidorli sportchilar Milliy terma jamoalarimiz azolari sanalishadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing