12 iyu 15:28
Yangiliklar
Boks/MMA
Oliveyra ingliz tilini o'rganishni boshladi
Engil vazn toifasida sobiq UFC chempioni CHarlz Oliveyra ingliz tilini o'rganishni boshlaganini malum qildi.
- Nega ingliz tilini o'rganishni boshladingiz? degan savolga braziliyalik shunday javob berdi.
"O'rganishim kerak. Bu qiyin, lekin ingliz tili odamlar bilan muloqot qilish uchun muhim. Qolaversa, butun dunyodagi muxlislarim bilan suhbatlashishim kerak. Men odatda tarjimonlardan foydalanaman. Lekin endi bu tilni o'rganishni boshladim va tez orada tilmochsiz muloqotga kirishaman", - dedi Oliveyra.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar