09 mar 18:23
Yangiliklar
Boks/MMA
Oliveyra Konor bilan BMF kamari uchun jang haqida: "Katta pul uchun rozi bo'lardim"
CHarlz Oliveyra katta gonorar evaziga Konor Makgregorga qarshi BMF kamari uchun jang qilishga tayyor ekanini bildirdi.
"Konor bilan BMF kamari uchun jang haqida nima deb o'ylayman? Menga afisha kerak. Men titul istayman. Ishning bir qismi allaqachon bajarildi — men bu erga keldim va g'alaba qozondim.
Katta pul uchun Makgregor bilan jangga rozi bo'lardim. Ammo nazarimda, bu jang unga mendan ko'ra ko'proq kerak", — dedi Oliveyra.
Havola :
Manba : ESPN MMA
Fikrlar