01 iyu 09:57
Yangiliklar
Boks/MMA

Oliveyra Konor va Dastinni nokaut qilishga vada berdi
Engil vazn toifasida UFC chempioni CHarlz Oliveyra agar unga jang uchun imkoniyat berilsa, Konor Makgregorni ham, Dastin Poreni ham nokaut qilishini malum qildi.
"Men hech qachon raqib tanlamaganman, kim bo'lsa ham tayyorman. Bu sportimizdagi ikki katta nomlar. Konor bilan jang qilish - katta pul topish ekanligini hamma tushunadi. Dastin esa Konorchalik katta nom emas.
Men tayyorman. O'zimning jui-jitsu qobiliyatimga shubha qilmayman. Ichki ovozim menga ikkala jangchini ham nokaut qila olishimni aytmoqda. Men buni his qilmoqdaman", - dedi CHarlz Oliveyra.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar