03 iyu 08:25
Yangiliklar
Boks/MMA

Oliveyra Makgregor - Pore jangiga o'z taxminini aytdi
Engil vazn toifasida amaldagi UFC chempioni CHarlz Oliveyra yaqinlashib kelayotgan Konor Makgregor va Dastin Pore o'rtasidagi uchinchi jang haqidagi fikrlarini bildirdi.
"O'ylashimcha, Konor bo'lajak jangda g'alaba qozonadi. U oktagonga psixologik jihatdan tayyorroq hamda g'alabaga tashnaroq bo'lib chiqadi.
Bu juda qiziq jang bo'ladi. Ammo, men Konor g'alaba qozonadi deb o'ylayman. Aniq natijani ayta olmayman, lekin fikrimcha, Makgregor bo'lajak oqshomda o'z g'alabasini tantana qiladi", - dedi Oliveyra.
Eslatib o'tamiz, Konor Makgregor va Dastin Pore o'rtasidagi uchinchi jang Toshkent vaqti bilan 11 iyul kuni tongda o'tkaziladi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar