01 may 19:40
Yangiliklar

Oliveyra: "Men ahmoq emasman"
Braziliyalik jangchi Jastin bilan zarbalar almashinuvidan qochmasligini takidladi. Avvalroq, ko'pchilik mutaxassislar Oliveyraning Getji bilan jangda ochiq qarama-qarshilikka kirishmasligini taxmin qilgandi.
"Men oktagonga MMA jangchisi CHarlz sifatida chiqaman. "CHarlz jangni parterda o'tkazishga harakat qiladi" deb o'ylaydigan odamlar — buni unuting!
Men har doim kurashganman, hech qachon bor kuchim bilan jangni parterda o'tkazishga harakat qilmaganman. Men katta arsenalga ega MMA jangchisiman. Agar jang bo'lsa, raqibim bilan zarbalar almashaman. Agar jangni parterda o'tkazish imkoni bo'lsa, shunday qilaman. Agar "stoyka"da jang qilish kerak bo'lsa, "stoyka"da jang qilaman. Men ahmoq emasman", - deya Oliveyraning so'zlarini keltiradi BloodyElbow.
Fikrlar