So’nggi yangiliklar

10:31Sofascore. Кечаги учрашувда дубль қайд этган Шомуродов неча баҳога лойиқ кўрилди? 0 10:10Царукян нима учун Топурия билан жанги амалга ошмаслигини тушунтирди 0 09:49Пахтакор туманида замонавий дзюдо зали фойдаланишга топширилди + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 09:28World Boxing Кубоги. Зокиров ва Ҳамидова кейинги босқичда 0 09:07Арбелоа кечаги ўйиндан кейин ҳакамларни танқид қилди 0 08:46Esports World Cup. Абдусатторов икки муҳим ғалаба, уни Магнус кутмоқда! 0 08:25Арман Царукян: "RAF’даги маошим UFC гонорарларига яқинлашди" 0 08:04Собиқ чемпион Чимаев — Анкалаев жанги ғоясини илгари сурди 0 07:43"Реал" қўшимча дақиқада ўтказиб юборилган гол сабаб ғалабани қўлдан чиқарди 0 07:22Мария Тимофеева Швейцария турнири 1/2 финалида! 0 07:01Жиззахда яна бир замонавий яккакураш зали қад ростлади, дзюдочиларимиз у билан яқиндан танишишди + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 18:10"Жангчилар бўш қолишдан қўрқишади ва қопқонга тушиб қолишади" - Фрэнсис Нганну 0 17:49Бастони "Барселона"га ўтиш учун маоши камайишига ҳам рози 0 17:28Эксперт Илия Топурия учун асосий синов кимлигини айтди 0 17:07Ҳикара Накамура: “Синдаров ютқазди...” 0

13 apr 18:41
Yangiliklar

Dzyudo

Olot dzyudo maktabi asoschisi Rustam aka To'raevni tabriklaymiz!

Bugun o'zbek sportiga mashhur dzyudochilarni tarbiyalab bergan, xatto dunyoda ham etirof etiladigan Olot dzyudo maktabi asoschisi Rustam To'raev oila azolari davrasida tavallud ayyomlarini nishonlayaptilar.

Yuksak manaviyat va marifat sohibi bo'lgan Rustam To'raev bir nechta avlod dzyudochilariga ustozlik qildilar va bu jarayon bugungi kunda ham davom etmoqda. SHogirdlar orasida Rishod Sobirov, Ramziddin Saidov, Farhod To'raev, Kamol Murodov kabi mashhur dzyudochilarimizni alohida takidlash joiz.    

Rustam To'raevning farzandi Farhod To'raev ota izidan borib, O'zbekiston dzyudosi tarixidan joy olishga muvaffaq bo'lgan. U 1999 yili Angliyaning Birmengem shahrida o'tkazilgan jahon chempionatida kumush medalni qo'lga kiritgan. Bu bilan kichik To'raev jahon chempionatida shohsupaga ko'tarilgan birinchi o'zbek dzyudochisi sifatida tarixga kirgan.

SHogirdlar orasida etuklik darajasiga chiqqanlardan Rishod Sobirov ikki karra jahon chempioni, 2008, 2012 va 2016 yillarda o'tkazilgan Olimpiya o'yinlarining bronza medali sohibi hisoblanadi. 

Rustam To'raevning ko'p yillik mehnati hukumatimiz tomonidan munosib baholangan. Bugungi kun qahramonimiz O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan murabbiy unvoni hamda "El-yurt hurmati" ordeni bilan taqdirlanganlar.

Fursatdan foydalanib, Rustam To'raevga uzoq umr, sihat-salomatlik tilaymiz. Ilohim, ko'p yillar farzandlar, nabirayu chevaralar, shogirdlar rohatini ko'rib yursinlar!

O'zbekiston dzyudo federaciyasi matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing