23 iyu 13:34
Yangiliklar
Futbol

"Oltin to'p" uchun kurashda yangi etakchi - Vitinya birinchi o'ringa chiqib oldi
PSJ yarim himoyachisi "TNT Sports"ning so'nggi reytingida Dembele va Yamalni ortda qoldirdi.
Mashhur "TNT Sports" portali 2025 yilgi “Oltin to'p”ni olish uchun favoritlarning yangilangan reytingini taqdim etdi. Uzoq vaqtdan buyon birinchi marta ro'yxatning yuqori qismida o'zgarish yuz berdi – PSJ yarim himoyachisi Vitinya yangi etakchiga aylandi.
Portugaliya terma jamoasi futbolchisi mavsumni kuchli o'tkazdi: u parijliklar bilan to'rtta titul yutdi, shuningdek, terma jamoasi bilan Millatlar Ligasi g'olibi bo'ldi.
Uning jamoadoshi Usmon Dembele endi ikkinchi o'rinda, "Barselona"ning yosh iqtidori Lamin Yamal esa kuchli uchlikka yakun yasadi.
Eslatib o'tamiz, so'nggi "Oltin to'p" sohibi – "Manchester Siti" yarim himoyachisi Rodri.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar