So’nggi yangiliklar

11:34UFC 334 турнирининг асосий янгилиги Нурмагомедов бўлиши мумкин 0 11:03Тўртта вазнда UFC рейтинги янгиланди 0 10:32Лос-Анжелес-2028: енгил атлетика бўйича саралаш тартиби ва меъёрлари тасдиқланди 0 10:22Ёшлар Олимпиадасидаги медалларимиз сони яна биттага кўпайди 0 10:01"Арсенал" "Реал"га Субимендининг нархини эълон қилди 0 09:30Юнон-рум кураши. Ўзбекистон чемпионатининг биринчи куни 5 та вазнда ғолиблар аниқланди 0 08:59Икки боксчимиз Ёшлар Олимпиадаси медалини нақд қилди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 08:28Волков расм орқали UFC чемпионлиги учун жанг сўради + ФОТО 0 08:03"Манчестер Юнайтед" Почеттинонинг вакиллари билан музокаралар ўтказди 0 07:32Total Chess. Абдусатторовдан "даҳшатли" старт. У фақат Бибисарани хафа қила олди холос 0 07:01Фомин Грециядаги "Челленжер"ни илк босқичдаёқ тарк этди 0 20:28Дана Уайт Эдди Хирнни Лондонда юзма-юз келишиб олишга чақирди 0 19:57Афсонавий Рауль Гонсалес илк бор катталар жамоасини бошқаради 0 18:55Махачев Тошкентда топширилган ишончнома ҳақида гапирди + ФОТО 0 18:24Илия Топурия фаолиятидаги энг эсда қоларли жангини айтди 0

13 iyu 13:12
Yangiliklar

Futbol

​"Oltin to'p"ga davogarlarning qachon elon qilinishi malum

Taqdirlash marosimining o'zi 22 sentyabr kuni Parijda bo'lib o'tadi.

2025 yilgi "Oltin to'p" uchun nomzodlar 7 avgust kuni elon qilinadi, deb xabar berdi "France Football".

Parij jamoasining CHempionlar Ligasi finalidagi g'alabasi va Ispaniyaning Millatlar Ligasi finalida Portugaliyaga mag'lub bo'lganidan so'ng Usmon Dembele "Oltin to'p"ni qo'lga kiritish uchun favoritiga aylandi. Franciyalik futbolchi o'tgan mavsum PSJ safida 49 o'yin o'tkazib, 33 ta gol urgan va 15 ta golga assistentlik qilgan. Dembele parijliklar bilan CHempionlar Ligasi, chempionat va Franciya Kubogida zafar quchdi.

Lamin Yamal o'tgan mavsum "Barselona" safida barcha turnirlarda 55 o'yinda maydonga tushib, 18 ta gol urdi va 25 ta golli uzatmani amalga oshirdi. U o'z jamoasi bilan uchta titulni qo'lga kiritdi – chempionat, Kubok va Ispaniya Superkubogi.

Yana bir davogar "Barselona" vingeri Rafinya. Braziliyalik futbolchi yakunlangan mavsum 57 o'yinda ishtirok etib, 34 ta gol urdi va 25 ta golli pas uzatdi. SHuningdek, u jamoa bilan uchta yutuqqa erishdi YE chempionat, Kubok va Ispaniya Superkubogi.

Yilning asosiy individual mukofotiga asosiy davogarlarning to'liq ro'yxati quyidagicha ko'rinishda:

1. Usmon Dembele (PSJ).

2. Lamin Yamal ("Barselona").

3. Vitinya (PSJ).

4. Muhammad Saloh ("Liverpul").

5. Rafinya ("Barselona").

6. Kilian Mbappe ("Real").

7. Janluiji Donnarrumma (PSJ).

8. Xvicha Kvaracxeliya (PSJ).

9. Dezire Due (PSJ).

10. Ashraf Hakimi (PSJ).

O'tgan yili ushbu sovrinni Ispaniya terma jamoasi va Angliyaning "Manchester Siti" klubi yarim himoyachisi Rodri qo'lga kiritgandi. Kuchli uchlikka, shuningdek, Vinisius Junior va Jud Bellingem (ikkisi ham "Real") kirgan edi.

"Oltin to'p" – har yili Franciyaning "France Football" jurnali tomonidan yilning eng yaxshi futbolchisiga beriladigan mukofot.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing