10 dek 15:55
Yangiliklar
Boks/MMA

Oltinoy Sotimboeva - Osiyo chempionatining kumush medal sohibasi!
Tailandning CHiangmay shahrida boks bo'yicha kattalar o'rtasidagi Osiyo chempionati o'z yakuni sari yaqinlashmoqda.
Bugun musobaqada ayollar o'rtasidagi final bellashuvlari o'tkazilmoqda.
CHempionatda +81 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Oltinoy Sotimboeva finalda qozog'istonlik bokschi Eldana Talipovaga qarshi jang qildi.
To'liq davom etgan jangda hamyurtimiz 1:4 hisobida imkoniyatni boy berdi va musobaqaning kumush medaliga sazovor bo'ldi.
SHu tariqa, O'zbekiston ayollar terma jamoasi Osiyo chempionatini 3 ta oltin va 4 ta kumush va 2 ta bronza medali bilan yakunladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
O’xshash yangiliklar
13:23
Boboqulova chempion. Bokschi qizlarimiz "Buyuk ipak yo'li" turnirini 5 ta medal bilan yakunlashdi 0
Fikrlar