So’nggi yangiliklar

19:27UFC рейтинги. Богдан Гусковнинг вазнида вазият қандай? 0 19:06"Гвардиола ҳар нарсада Мессини эслайди" 0 18:45"Жонс Аспиналлдан қочмоқда" - Анкалаев 0 18:24Хамзат Чимаев Камару Усман билан жангдан воз кечиш ҳақида ўйлаганини айтди 0 18:02Шон О'Мэлли: "Двалишвили Умардан қўрқади" 0 17:41"Ман Сити" 75-дақиқада 3:0 ҳисобида олдинда бориб, юта олмаган ЕЧЛ тарихидаги биринчи жамоага айланди 0 17:20Анкалаев: "Рамазон вақтида жанг бўлмайди" 0 16:59"Реваншларим доим бир хил тугайди". Фьюри Усикка қарши жанг ҳақида 0 16:38Хамзат Чимаев UFC'да МДҲдаги ТОП-5 жангчилар кимлигини айтди 0 16:17"Интер" 12 учрашувдан буён мағлуб бўлмаяпти 0 15:56Янгиланган UFC рейтингида Петр Ян Умар Нурмагомедовни ортда қолдирдими? 0 15:35Бишкек турнирида иккинчи олтин медаль қўлга киритилди 0 15:14Нурмагомедов ҳам Саудиядаги UFC турнирида жанг қилади 0 14:53ОЧЛ-2. Бугун "Насаф" "Кувайт СК" билан ўйнайди 0 14:32Жонс Прохазка - Хилл жанги учун ўз тахминини айтди 0

19 iyu 10:02
Yangiliklar

Boks/MMA

Omadli omadsizlar! UFC kamari uchun bir necha marotaba jang qilib, hech birida g'alaba qozonmagan TOP-5 UFC jangchilari!

Tabiiyki, har bir UFC jangchisining promoushenga kelganidan so'ng maqsadi chempionlik bo'ladi.

Maqsadga erishgandan so'ng esa ular o'zlarini zo'r deb atashlari mumkin. SHuningdek, chempionlik ularga shon-shuhrat va katta daromad ham olib keladi. Biroq shunday jangchilar ham borki, ular bir necha bor bu imkoniyatdan foydalana olmagan. Biz aynan UFC tarixida bir necha bor chempionlik jangida ishtirok etgan, lekin hech birida kamarni qo'lga kirita olmagan TOP-5 jangchilari haqida so'z yuritamiz.

Den Xenderson: Uchta chempionlik jangida ishtirok etgan

O'rta va yarimog'ir vazn toifasida sobiq Pride promousheni chempioni Den Xenderson ajoyib yurishlarini UFC'da takrorlay olmadi. U ikkala vaznda ham chempionlikni qo'lga kiritish vazifasini uddalamadi. UFC Denga birinchi imkoniyatni 2007 yilda berdi. U o'shanda yarimog'ir vazn toifasida Rempeyjem Jeksonomga qarshi kamar uchun oktagonga ko'tarildi va ochkolar hisobiga ko'ra mag'lub bo'ldi. Ushbu mag'lubiyatdan so'ng Xenderson o'rta vazn chempioni Anderson Silvani jangga chorladi. UFC ham ushbu jangni tashkil etib berishga qaror qildi va Denga yana bir imkoniyat taqdim etildi. Biroq bu safargisi urinish avvalgisidan ham yomonroq chiqdi. CHempion Denni ikkinchi raundning o'zida mag'lub etdi.

UFC sakkiz yildan so'ng Xendersonga so'nggi imkoniyatni taqdim etdi. Afsuski, u UFC 204 kechasida o'rta vazn chempioni Maykl Bispingga qarshi kechgan jangda yana ochkolar hisobiga ko'ra mag'lub bo'ldi. SHundan keyingina Den faoliyatini yakunlaganini elon qildi.

CHeyl Sonnen: Uchta chempionlik jangida ishtirok etgan

CHeyl Sonnen UFC'dagi to'rt yillik faoliyati davomida 11 ta jang o'tkazgan. SHulardan uchtasi chempionlik uchun edi. U birinchi marta 2008 yilda Anderson Silvaga “vyzov” tashladi. Silvaga qarshi Sonnen uchta jangda g'alaba qozongandi. Jangda kichik ustunlik CHeylda edi, biroq beshinchi raundda Silva raqibini bo'g'ib qo'ydi va kamarini o'zida saqlab qoldi. Bu mag'lubiyatdan so'ng CHeyl Sonnen ikkita jangda g'alaba qozondi va revansh talab qildi. UFC esa bu talabni qanoatlantirdi. Ammo ikkinchi jangda “O'rgimchak Silva” raqibini ikkinchi raunddayoq nokaut qildi. 



Bu mag'lubiyatdan so'ng CHeyl Sonnen yarimog'ir vaznga ko'tarildi va bittada vazn qiroli Jon Jonsga qarshi jang qilishni talab etdi. UFC bu talabni ham qondirdi. Biroq Jons CHeyl Sonnenga juda kuchlilik qildi va chempion raqibini birinchi raundning o'zida mag'lub etdi. SHundan so'ng CHeyl Sonnen UFC'da yana ikkita jangda ishtirok etdi va faoliyatini Belaltor'da davom ettirdi.

Aleksandr Gustafsson: Uchta chempionlik jangida ishtirok etgan

Aleksandr Gustafsson UFC'dagi ilk 2 ta jangida 1:1 rekord qayd etdi. SHundan so'ng u qatorasiga oltita jangda g'alaba qozondi va vazn chempioni Jon Jonsga qarshi jang qilish imkoniga ega bo'ldi. Ushbu jangga shveciyalik jangchi ajoyib tarzda tayyorlandi va ko'pchilik mutaxassislarning fikricha, o'sha jangda g'alaba ham qozondi. Lekin jangda ishlagan hakamlar g'alabani Jonsga berishdi. Bunday alamli mag'lubiyatdan so'ng Aleksandr yana chempionlik kamariga qadar etib keldi. Bu safargi raqib — Daniel Korme! Bu jangda ham Aleks yaxshi harakat qildi, biroq ochkolar hisobiga ko'ra yana mag'lub bo'ldi. Bu mag'lubiyat birinchisidan ham alamliroq edi. U so'nggi chempionlik uchun imkoniyatini 2018 yilda oldi. Bu safar yana Jonsga qarshi oktagonga ko'tarildi. Lekin bu safar ham Jons raqibini uchinchi raundda nokaut qildi.

Jozef Benavides: To'rtta chempionlik jangida ishtirok etgan

Tasavvur qilinglar, agar UFC'da Demetrius Jonson va Deyvison Figeredo bo'lmaganida. SHunda Jozef Benavides UFC kamarini qo'lga kiritgan bo'larmidi? CHunki Bevanides har ikki jangchiga ikki martadan chempionlik jangida mag'lub bo'lgan. Jozef birinchi marta chempionlik kamari uchun Demetrius Jonsonga qarshi 2012 yilda oktagonga ko'tarilgandi va o'shanda sal qolsa chempion bo'lishi mumkin edi. Biroq hakamlar qarori bilan jang g'olibi Jonson bo'lgandi. Yil o'tib, ular o'rtasidagi revansh bo'ldi. Revanshda esa Jozef Benavides birinchi raundda mag'lub bo'ldi. CHempionlik jangdagi mag'lubiyatdan etti yil o'tib Jozef Benavides yana chempionlik uchun imkoniyatga ega bo'ldi. 2020 yilning besh oyida u ikki bor chempionlik uchun oktagonga ko'tarildi va har ikkisida ham mag'lub bo'ldi. Har ikki jangda ham Deyvison Figeredodan mag'lubiyatni qabul qilib oldi. Bu mag'lubiyatlardan so'ng Jozef Benavides yana bir bor UFC'da jang qildi va Askar Askarovga qarshi jangda ochkolar hisobiga ko'ra yutqazdi.

Yoel Romero: Uchta chempionlik jangida ishtirok etgan

Yoel Romero 2013 yilda UFC'ga keldi. U birin-ketin raqiblarini mag'lub etdi. Kubalikka UFC'dagi ketma-ket sakkizinchi g'alabasidan so'ng chempionlik jangi berildi. 2017 yilda bo'lib o'tgan chempionlik jangida u Robert Uitakkerga qarshi oktagonga ko'tarildi va ochkolar hisobiga ko'ra mag'lub bo'ldi. SHu tariqa, Olimpiya o'yinlari sovrindori ilk imkoniyatidan foydalana olmadi. SHundan so'ng Uitakker jarohat sababli kamarini himoya qila olmadi va uning o'rniga vaqtinchalik kamar uchun Yoel Romero Lyuk Rokxoldga qarshi jang qildi. Bu jangda kubalik raqibini ajoyib tarzda nokaut qildi, ammo u vazn qila olmagani sababli kamarga ega bo'lmadi. Ajoyib janglari bilan muxlislarning yoqimtoyiga aylangan Yoel Romeroga UFC yana bir bor imkon berishga qaror qildi va kubalik 2020 yilda chempionlik uchun imkoniyatni qo'lga kiritdi. Bu safar unga qarshi Israel Adesanya raqiblik qildi. Ularning janglari to'liq besh raund davom etdi va hakamlar qarori bilan g'alaba chempionga berildi. Bu mag'lubiyatdan so'ng Romero faoliyatini Bellator'da davom ettirishga qaror qildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing