09 avg 11:34
Yangiliklar

O'n nafar bokschimiz Osiyo chempionati finalida
Kecha U-19 yosh toifasidagi musobaqada 1/2 final janglari o'tkazilib, finalchilar aniqlandi. Kunduzgi dastur yakunlariga ko'ra 4 nafar bokschi-qizlarimiz final yo'llanmasini qo'lga kiritishgandi. Kechki dasturda esa final chiptasi uchun ringga ko'tarilgan yigitlarimizdan 6 nafari g'alabaga erishdi.
Abdurahmon Mahmudjonov (-60 kg), Maftuna Yangieva (-75 kg) va Ruxshona Parpieva (-81 kg) Osiyo chempionatining bronza medaliga sazovor bo'ldi. Bugun qita birinchiligida dam olish kuni sifatida elon qilingan. Ertaga Osiyo chempionatining ushbu yosh toifasida final janglari bo'lib o'tadi.
Finalga yo'l olgan U-19 tarkibimiz:
Yigitlar:
-65 kg. Jahongir Zayniddinov
-70 kg. Abdulaziz Jo'raqulov
-75 kg. Muhammadjon Yaqupboev
-80 kg. Norbek Abdullaev
-85 kg. Samir Sobirov
+90 kg. Islam Salihov
Qizlar:
-48 kg. Maftuna Musurmonova
-60 kg. Sevara Mamatova
-70 kg. Rayhona Qurbonboeva
+81 kg. Sobiraxon SHahobiddinova
Bronza medali egalari:
-60 kg. Abdurahmon Mahmudjonov
-75 kg. Maftuna Yangieva
-81 kg. Ruxshona Parpieva
Fikrlar