28 noy 08:26
Yangiliklar
"Ona sher" Amanda Nunes ovga qaytmoqda, u chempionlik kamari uchun jang qiladi + POSTER
Amanda 2026 yilning 24 yanvar kuni AQSHning Las-Vegas shahrida o'tkaziladigan UFC 324 turnirining co-main event, yani muhimligi jihatidan ikkinchi jangida amaldagi vazn chempioni amerikalik Kayla Xarrisonga qarshi oktagonga chiqadi. Bu xabarni rasman UFC prezidenti Dana Uayt elon qildi.
Malumot uchun, shu yilning iyun oyida dzyudo bo'yicha ikki karra Olimpiada chempioni hisoblangan Kayla Xarrison Julianna Penyani ikkinchi raundda kimura usulida mag'lubiyatga uchratib, UFC chempionlik kamarini raqibasidan tortib olgandi. Kayla dunyoning eng kuchli Ligasidagi o'zining uchinchi jangidayoq promoushen chempioniga aylangan edi.
Amanda Nunes esa 2023 yilning iyun oyidan beri jang o'tkazmaydi. O'shanda u Iren Aldanani hakamlarning yakdil qarori evaziga mag'lub etgan va faoliyatini yakunlaganini elon qilgan edi. Nunes bu bilan o'ziga tegishli bo'lib turgan ikki vazndagi chempionlik kamarlarini vakant, yani egasiz qoldirgandi.

Fikrlar