08 dek 15:58
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/50064_220.jpg)
ONE prezidenti: Makgregor bilan hech qachon shartnoma imzolamasdim
ONE Championship prezidenti CHatri Sitiotdong agar Konor Makgregor UFCni tark etsa, u bilan shartnoma imzolamasligini aytdi.
“Men uni hech qachon tashkilotimizga taklif qilmagan va u bilan shartnoma imzolamagan bo'lardim. Konor Osiyoda hozirgidek ijobiy natijalar ko'rsata oladi, deb o'ylamayman. SHaxsiy fikrim, Makgregor endi professional faoliyatini yakunlasa ham bo'ladi.
Ayni paytda UFC, ONE Championship va Bellator promoushenlari bor. Har bir sportchi o'zi uchun eng qulay tashkilotni tanlaydi. Men Konorni juda hurmat qilaman, erishgan yutuqlarini qadrlayman. Lekin u bizga to'g'ri kelmaydi”, - dedi Sitiotdong.
Havola :
Fikrlar