16 apr 20:00
Yangiliklar
Boks/MMA
"Operaciya kerak bo'ladi". Ulberg yarim yilga safdan chiqishi mumkinligi aytildi
UFC chempioni Aleks Volkanovski Karlos Ulberg Irji Proxazkaga qarshi jangda olgan tizza jarohati sabab yarim yilga safdan chiqishi mumkinligini aytdi.
"Operaciyadan keyin olti oy kerak bo'ladi. Men bunga pul tikishim ham mumkin. U qanday chekinayotganini hisobga olsak, bu tizza harakati klassik holat — oldingi xachsimon bog'lam uzilishi. Agar bu shunday bo'lmasa, juda hayron qolaman.
Boshqa muammolar ham bo'lishi mumkin, chunki u oyog'i ishdan chiqqan holda jangni davom ettirdi. Lekin asosiysi — operaciya kerak. Bu aniq xochsimon bog'lam uzilishi. Men bunga ishonaman", — dedi Volkanovski.
Havola :
Manba : MMA Junkie
Fikrlar