08 sen 17:10
Yangiliklar
Qishki sport turlari
Oradan ikki oy o'tib shveciyalik snoubordchining jasadi topildi, u ko'prikdan suvga sakragandi
2006 yilgi Olimpiya o'yinlari ishtirokchisi Mikael Lundmark SHveciyada halok bo'ldi.
16 iyun kuni sportchi Stokgolmda 20 metr balandlikdagi Vestbern ko'prigida suvga salto otib sakragan.
Suvga tushgan Lundmark qaytib chiqmagan. Uning do'stlari qutqaruv xizmatini chaqirishgan. Ammo uni izlash choralari samara bermagan.
Bir necha kun oldin sportchining tanasi topildi. Uni tatuirovkalari orqali tanib olishgan.
Havola :
Manba : Expressen
Fikrlar