11 may 07:53
Yangiliklar
Futbol
O'rinboev "Brentford B" tarkibida gol urdi va jamoasining g'alabasiga hissa qo'shdi
Angliyaning "Brentford B" klubi o'rtoqlik o'yinida irodali g'alabaga erishdi.
O'zbekistonlik futbolchi harakat qilayotgan "Brentford B" jamoasi o'rtoqlik o'yinida "Bornmut U21" jamoasiga qarshi maydonga chiqdi. Birinchi bo'limni 1:2 hisobida boy bergan "Brentford B" ikkinchi taymda o'yinga qaytib beshta gol urdi.
Aynan ikkinchi bo'limda maydonga tushirilgan Muhammadali O'rinboev 66-daqiqada hisobni 2:2 ko'rinishga olib keldi. SHundan so'ng, "Brentford B" raqibiga umuman imkoniyat qoldirmadi.
"Brentford B" - "Bornmut U21" 6:2
Havola :
Fikrlar