09 apr 20:14
Yangiliklar
Boks/MMA

Orlovskiy UFCda 37-jangini o'tkazadi
Og'ir vazn toifasida UFC sobiq chempioni, belaruslik Andrey Orlovskiy navbatdagi jangini o'tkazadi.
Unga amerikalik Jeyk Kolle raqiblik qiladi.
Aslida esa Orlovskiy Jastin Tafaga qarshi jang qilishi kerak edi, biroq Jastin UFCni tark etdi.
Musobaqa tashkilotchilari bu vaziyat yuzasidan biror-bir rasmiy malumot bermadi. Jang 30 aprel kuni o'tkazilishi rejalashtirilgan.
43 yoshli Andrey Orlovskiy UFCda 2000 yili debyut qilgan. U MMAda 53 jang o'tkazib, 33 bor g'alaba qozondi va yigirma marta mag'lubiyatga uchradi. Bundan tashqari, uning yana ikkita jangi bo'lmagan deb topilgan. 33 yoshli Jeyk Kollening UFCdagi rekordi 2-2. Amerikalik jangchining UFCga o'tishigacha bo'lgan natijalari 13-6. Malumot uchun, og'ir vaznning amaldagi chempioni fransiyalik jangchi Frensis Ngannu hisoblnadi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar