02 mar 18:28
Yangiliklar
Boks/MMA

"O'rnimga Madrimovni qo'yishga qaror qilishdi". Eleusinov Golovkin uning o'rniga Isroilni tanlagani haqida gapirdi
Qozog'istonlik bokschi Daniyar Eleusinov o'z intervyusida Gennadiy Golovkin bilan munosabatlari haqida gapirdi va ularning bir oqshomda jang qilish imkoniyatlarini baholadi.
"Aslida hozir hech narsa yo'q. Men uning so'nggi jangda o'z o'rnimda ko'rdim, biz uzoqdan bir-birimizga qo'l siltab qo'ydik, bori shu. Xech qanday hafagarchilik yo'q, albatta. Aslida men boshqa oqshomda ringga ko'tarilishim kerak edi. U Qozog'istondan, haqiqatdan ham megayulduz, biz bir oqshomda ringga chiqishimizni ko'pchilik xohlagan. Mayli, bu bizning oqshomimiz emas edi. Menejerlarim shuni istashdi va taklif bilan chiqishdi. Ammo rad javobi keldi, hatto promouterlardan ham emas, balki Genaning o'zidan. Ular mening o'rnimga Madrimovni qo'yishga qaror qilishdi. Ehtimol, unga intervyudagi bazi gaplarim yoqmagan bo'lishi mumkin", - dedi Eleusinov.
Havola :
Manba : sports.kz
Fikrlar