09 iyu 12:43
Yangiliklar
Boks/MMA
Olimpiada chempioni Daniyar Eleusinov Astanada mast holatda qo'lga olindi
Rio Olimpiadasi chempioni, qozog'istonlik Daniyar Eleusinov Astanada qo'lga olindi.
Xabarlarga ko'ra, Eleusinov ikkita yo'l-transport hodisasida ishtirok etgan va shundan so'ng voqea joyidan yashiringan. Policiya vakillarining takidlashicha, bokschi avtomobilni mast holatda boshqargan.
YTH oqibatida hech kim jabrlanmagan.
Daniyar Eleusinov — Qozog'istonda xizmat ko'rsatgan sport ustasi, 2013 yilgi jahon chempioni va 2016 yilgi Olimpiya o'yinlari g'olibi hisoblanadi. Professional faoliyati davomida u IBO yo'nalishida yarim o'rta vazn jahon chempioni hamda IBF Inter-Continental kamari sohibi bo'lgan.

Havola :
Manba : Tengrinews
Fikrlar